Rasman: "Xorazm" safiga senegallik hujumchi kelib qo'shildi
18 fev 12:36
Yangiliklar
Rasman: "Xorazm" safiga senegallik hujumchi kelib qo'shildi
"Xorazm" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Xorazmliklar hujum chizig'idagi raqobatni oshirish maqsadida afrikalik legioner bilan kelishuvga erishdi.
Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, senegallik forvard Bubakar Traore endilikda "Xorazm" sharafini himoya qiladi.
Yangi futbolchi haqida malumot:
Ism-sharifi: Bubakar Traore
Tug'ilgan sanasi: 26.07.1997 (28 yosh)
Fuqaroligi: Senegal
Amplua: Hujumchi
Bo'yi: 1.85 metr
Sobiq jamoasi: Futbolchi Bolgariyaning "Botev Vraca" klubidan Urganchga ko'chib o'tdi.
Bo'ydor hujumchining kelishi "Xorazm"ning ikkinchi qavatdagi o'yinlarini kuchaytirishi va hujumda "taran" vazifasini bajarishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Qoch XORAZM kelyabdi.