Rasman: Vadim Abramov Dinamo bilan shartnoma imzoladi
09 avg 2022 16:24
Yangiliklar
Rasman: Vadim Abramov Dinamo bilan shartnoma imzoladi
Bugun, 9 avgust kuni Dinamo PFK murabbiylar shtabida o'zgarishlar qilingani haqida xabar bergandik.
Klub rahbariyati yangi bosh murabbiy sifatida taniqli mutaxassis, O'zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramovni taklif etib, futbolchilarga tanishtirgandi.
Vadim Karlenovich hamda «Dinamo» PFK o'rtasida 2022 yilning yakunigacha belgilangan yarim yillik shartnoma imzolandi. Klub yangi bosh murabbiy qo'l ostida Superligadagi o'rnini saqlab qolsa, kelishuv uzaytirilishi mumkin.
Malumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar «Traktor», «Lokomotiv», «Neftchi», «Bunyodkor» klublari, O'zbekiston olimpiya va milliy jamoasida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2010-2012 hamda 2019-2021 yillar davomida O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar