Rasman: Roman Sanjar - "Neftchi" yoshlar jamoasi ustozi
13 jan 12:09
Yangiliklar
Rasman: Roman Sanjar - "Neftchi" yoshlar jamoasi ustozi
"Mashg'ulotlarni boshlashdan avval jamoamiz rahbariyati bosh murabbiyni futbolchilar va murabbiylar shtabiga yaqindan tanishtirdi hamda unga jamoani boshqarish va yangi muvaffaqiyatlarga yo'naltirish yo'lida katta omadlar tiladi.
Tanishing: Roman Nikolaevich Sanjar 1979 yil 28 may kuni Ukrainaning Doneck shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini 1994 yilda Doneck shahrining "Shaxtyor" klubida boshlagan. Keyinchalik mahoratini oshirib, "Metallurg" Doneck, "Krivbass" Krivoy Rog, "Zarya" Lugansk hamda "Olimpik" Doneck jamoalarida yarim himoyachi sifatida to'p tepib, jamoatchilik etiboriga sazovor bo'lgan.
2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, "Olimpik" va Lvovning "Karpaty" jamoalarida murabbiylik faoliyatini boshladi.
Uning futbolchi sifatida erishgan yutuqlari qatorida:
• 2001/2002 yilgi mavsumda bronza medali sohibi,
• Ukraina Ikkinchi ligasining 1997/1998 va 2010/2011 yillardagi g'olibi.
Murabbiy sifatida esa:
• 2013/2014 yilgi mavsumda Ukraina Birinchi ligasi g'olibi,
• 2014/2015 yilda Ukraina Kubogi yarim finali ishtirokchisi,
• 2017 yilda Ukraina Premer-ligasining eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etilgan", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Ukraina chempionatining 2017 yildagi eng yaxshi murabbiyi "Neftchi" U-21 jamoasida ish boshlagani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar