Rasman: PSJ ukrainalik himoyachi transferini elon qildi
12 avg 14:27
Yangiliklar
Rasman: PSJ ukrainalik himoyachi transferini elon qildi
PSJ matbuot xizmati "Bornmut" azosi Ilya Zabarniy transferi rasmiylashtirilgani haqida xabar berdi.
Parij klubiga ko'ra, Franciyaning amaldagi chempioni va Chempionlar Ligasi sohibi 22 yoshli ukrainalik futbolch uchun 63 million evro to'ladi. "Bornmut" bonus sifatida yana 3 millionni olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "giloslar" 2023 yilning yanvarida Zabarniy uchun "Dinamo" Kievga 23 million evro o'tkazib bergandi.
Ilya Zabarniy o'tgan mavsum "Bornmut" tarkibida Angliya chempionatida 36 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, 4 marta sariq kartochka olgan va 1 bor maydondan chetlatilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar