Rasman: Muxtorov "Buxoro" futbolchisiga aylandi
13 jan 13:30
Yangiliklar
Rasman: Muxtorov "Buxoro" futbolchisiga aylandi
Oxirgi marta Indoneziyada to'p tepgan himoyachi Xurshid Muxtorov faoliyatini "Buxoro"da davom ettiradi.
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
"Jamoamiz tarkibi yana bir tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi. Xurshid Muxtorov jamoamiz bilan rasmiy shartnoma imzoladi.
Xurshid Muxtorov o'z faoliyati davomida O'zbekiston va xorijning bir qator klublarida to'p tepib, katta tajriba to'plagan. Tajribasi, jismoniy kuchi va ishonchli o'yini bilan u jamoamiz himoya chizig'ini yanada mustahkamlashiga ishonamiz", – deyiladi xabarda.
Faoliyati davomida u bir qator klublar sharafini himoya qilgan: "Guliston", "Lokomotiv", "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", OKMK, "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi", "Turon", "Persik".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar