Rasman: "Milan" "Real" sobiq forvardini qo'lga kiritdi
02 sen 2023 13:20
Yangiliklar
"Rossoneri" rasmiy saytiga ko'ra, Luka Yovich "Milan"ga o'tdi.
Transfermarkt malumotiga qaraganda, serbiyalik hujumchi "Fiorentina"ni erkin agent sifatida tark etgan.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning yozida Luka Yovich 63 million evro evaziga Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan "Real"ga o'tgan edi. Biroq tartib-intizomda muammolarga duch kelgan serbiyalik qirollik klubida muvaffaqiyatsizlikka uchradi – 51 uchrashuvda atigi 3 ta gol.
Yovich 2022 yilning yozida erkin agent sifatida qo'shilgan "Fiorentina"da ancha yaxshi o'ynadi. Florenciya klubi safida u 50 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar