Rasman: Jasur Hakimov - "Metallurg" futbolchisi!
16 fev 22:33
Yangiliklar
Rasman: Jasur Hakimov - "Metallurg" futbolchisi!
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan Bekobod klubi o'z safiga "Sho'rtan" hujumchisi Jasur Hakimovni qo'shib oldi.
Futbolchi haqida faktlar:
Qaytish: Hakimov 2016 yilda aynan "Metallurg"dagi yorqin o'yinlari orqali "Paxtakor" nazariga tushgan va poytaxt klubiga yo'l olgan edi.
O'tgan mavsum: G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi safida Superliga, Pro liga va O'zbekiston Kubogi doirasida jami 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Faoliyati: "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan hujumchi faoliyati davomida "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "OKMK", "Buxoro", "Turon", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi qator klublarda to'p tepgan.
Transfer narxi: "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, futbolchining ayni damdagi bahosi 75 ming evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar