Rasman: Evropa ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar faoliyatini Saudiyada davom ettiradi
19 iyu 2024 07:59
Yangiliklar
Rasman: Evropa ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar faoliyatini Saudiyada davom ettiradi
Marsel hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Saudiya Arabistonda davom ettiradi.
Futbolchi «Al Qodisiya» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. SHu vaqt oralig'ida hujumchi 40 million evro ishlab oladi.
Malumot uchun, Per-Emerik Obameyang o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 30 ta gol va 11 ta golli uzatma bor. Umuman olganda hujumchi faoliyati davomida barcha jamoalari safida 692 ta uchrashuvda maydonga tushib, 349 ta gol urgan va 104 ta golga assist qayd etgan.
SHuningdek, hujumchi Evropa ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Gabonlik hujumchi nufuzi jihatdan Evropaning ikkinchi raqamli turnirida jami 32 ta gol urgan.

O’xshash yangiliklar
19:55
Belsa atrofidagi shov-shuvlar barham topdi: murabbiy Urugvay terma jamoasi boshqaruvida qoladi 0
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar