Rasman: "Dinamo" braziliyalik vinger transferini elon qildi
07 avg 2024 18:31
Yangiliklar
Rasman: "Dinamo" braziliyalik vinger transferini elon qildi
"Dinamo" Markos Kayk bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Yozgi transfer oynasining so'nggi kunida "Dinamo" jamoasi braziliyalik Markos Kaykni PFL ro'yxatidan o'tkazgandi.
"20 yoshli braziliyalik vinger kuni kecha "Dinamo" jamoasining Toshkentda o'tkazayotgan yig'iniga kelib qo'shildi. Klub va Markos Kayk o'rtasida 2025 yilning yakuniga qadar belgilangan 1,5 yillik shartnoma imzolangan. Braziliyalik legioner "Dinamo" safiga "Betim" klubidan erkin agent sifatida qo'shildi. U joriy mavsumning birinchi davrasini Braziliya S Seriyasining "Pozu-Alegri" klubida o'tkazib, 3 o'yinda bitta golga mualliflik qilgan.
SHu tariqa Markos Kayk Ratino, Duglas Maykondan keyin jamoamizdagi 3-braziliyalik legionerga aylandi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar