Rasman: Abbos Fayzullaev - CSKA futbolchisi!
04 avg 2023 18:00
Yangiliklar
Rasman: Abbos Fayzullaev - CSKA futbolchisi!
Bugun CSKA PFK o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan rasman shartnoma imzoladi.
Kelishuv uzaytirish imkoniyati bilan 2025/26-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
19 yoshli futbolchi — "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi, 2022 yilda O'zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olingan. 2023 yil mart oyida O'zbekiston U-20 terma jamoasi tarkibida Osiyo Kubogi g'olibiga aylangan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etilgan. Bu yil Fayzullaev mamlakat milliy terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi va ikki uchrashuvda 1 ta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.
"Uyinga xush kelibsan, Abbos!", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Moskva klubi "Paxtakor"ga Fayzullaev uchun 500 000 evro o'tkazib berishi haqida xabar chiqqandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar