Rashidov va Tursunov "Surxon"da
05 jan 2023 18:08
Yangiliklar
Rashidov va Tursunov "Surxon"da
Termizning "Surxon" jamoasi bugundan etiboran yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Sergey Tokov boshchiligidagi jamoa azolari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Termizliklar safiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilganini takidlash joiz. Xususan,jizzaxlik yarim himoyachi Sanjar Rashidov va "Olimpik" futbolchisi Doston Tursunov bugun bo'lib o'tgan mashg'ulotda qatnashdi.

Malumot uchun, Sanjar Rashidovning Superligadagi so'nggi jamoasi "Bunyodkor" bo'lib, o'tgan mavsum birorta klub safida ko'rinish bermagan edi. Doston Tursunov 2022 yil Superligada 21 ta o'yinda ishtirok etgan va 2 ta golli pas bergan. Bu haqida kecha saytimiz orqali ham xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Olimpik" asosiy himoyachisi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar