Rafael Benites APLga qaytishi mumkin
11 okt 21:30
Yangiliklar
Rafael Benites APLga qaytishi mumkin
Ispaniyalik 65 yoshli murabbiy Rafael Benites Greciyaning "Panatinaikos" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ammo, mutaxassis APLda ishlashni afzal ko'radi.
Insayderlarning takidlashicha, Anje Postekoglu istefoga chiqarilgan taqdirda, Benites "Nottingem Forest" bosh murabbiyligi uchun ustuvor nomzod hisoblanadi. "Nottingem" bu mavsumda murabbiy almashtirgan, jamoa chempionatni Nunu Santu qo'l ostida boshlagandi. Postekoglu hozircha vaziyatni o'nglay olmayapti, klub 5 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.
Benites APLda "Liverpul", "Nyukasl" va "Everton" klublarida ishlagan. Shuningdek, mutaxassis Madridning "Real", "Inter" va "Napoli" klublarida ham murabbiylik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar