Qozog'iston chempionati. Shahboz Umarov 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
05 mar 17:10
Yangiliklar
Qozog'iston chempionati. Shahboz Umarov 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Shuningdek, futbolchi ramziy jamoaga ham kirdi.
SofaScore portali Qozog'iston Premer-ligasining ilk turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy jamoani shakllantirdi. "Turon" tarkibida "Okjetpes" bilan bahsda "gol+pas" qayd etgan Shahboz Umarov undan o'rin oldi.

Bundan tashqari, o'zbekistonlik 25 yoshli vinger portal ekspertlari tomonidan 9,6 ballga loyiq ko'rildi va dastlabki turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, "Turon" 9 mart kuni 2-tur doirasida "Aktobe" mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar