So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

"Qo'qon-1912": O'zini ko'rsatayotgan yoshlarimiz Yangiliklar

"Qo'qon-1912": O'zini ko'rsatayotgan yoshlarimiz

Barchaga malumki, Qo'qon futboli yosh iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash borasida etakchilardan biri sifatida etirof etiladi.

Yakuniga etgan mavsumda bu yana bir bor o'z isbotini topdi.

Ushbu mavsumda jamoamiz safida uch nafar yosh futbolchi Oliy ligadagi debyut uchrashuvini o'tkazishdi.

2015 yili yoshlar ligasidagi o'yinlari orqali muxlis va mutaxassislar etiboriga tushgan Iqbol Malikjonov uchun jori yil omadli o'tdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.



Yosh futbolchimiz Oliy ligada debyut uchrashuvini o'tkazdi. Qolaversa, Farg'onada o'tkazilgan “Universiada-2016” musobaqasida kumush medalga sazovor bo'ldi.

Yana bir yosh futbolchimiz Oybek Rustamov ham 2016 yilni bir umr eslab yursa ajab emas. Sababi, 19 yoshli himoyachimiz ham yakuniga etgan mavsumda Oliy ligada debyut qildi. Bundan tashqari, Jasur Abduraimov boshqargan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga Osiyo chempionatida ishtirok etdi.



O'tgan yili o'rinbosarlar tarkibida yorqin o'yin namoyish etgan Avaz Mamatxo'jaev ham bu yil elitada deyubt qilishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi davra yakunlanish arafasida Oliy ligadagi birinchi uchrashuvini o'tkazgan yosh futbolchimiz ikkinchi davrada deyarli asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi.



Yakuniga etgan mavsumda jamoamiz g'alabalariga o'zlarining ulkan hissalarini qo'shgan bu yosh futbolchilarimizga yangi mavsum ham mana shunday omadli o'tishini tilab qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика