So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

“Qo'qon-1912” – “Mashal” o'zaro uchrashuvlar haqida Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Mashal” o'zaro uchrashuvlar haqida

Teglar :  Qo'qon-1912Mashal
15-16 sentyabr kunlari Oliy ligada navbatdagi 21-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

 SHanba kuni “Qo'qon-1912” jamoasi o'z maydonida  Muborakning “Mashal” jamoasini qabul qiladi.  Etiboringizga bu jamoalarning o'zaro o'yinidagi statistik malumotlarni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar Oliy ligada 11 bora to'qnash kelishgan. “Mashal” oltita bahsda g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Qo'qon-1912” hisobida 2 ta g'alaba mavjud.  To'plar nisbati 19-10 muborakliklar foydasiga. “Mashal” o'zaro o'yinlarda 21 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” da 9 ochko bor.

Qo'qonda o'tgan barcha uchrashuvlar:
04.11.2016 Qo'qon-1912 – Mashal 1:1
12.09.2015 Qo'qon-1912 – Mashal 2:1
07.05.2003 Qo'qon-1912 – Mashal 0:2
13.04.2002 Qo'qon-1912 – Mashal 3:1
14.10.1995 Qo'qon-1912 – Mashal 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qo'qon-1912” maydonida bo'lib o'tgan beshta o'yinning ikkitasida mezbonlarning qo'li baland kelgan. Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan. Bir bor Muborak klubi safardan g'alaba bilan qaytgan.

Sobiq futbolchilar
Ushub mavsumni “Mashal”da o'tkazayotgan Abdullox Olimov o'tgan yili “Qo'qon-1912” klubida to'p surgandi. SHanba kuni u sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O'z navbatida ushbu mavsum safimizga kelib qo'shilgan Jamshid Hasanov esa mavsum-2016da “Mashal” tarkibida harakat qilgan. Jamshid ham o'zining sobiq klubiga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Hakamlar

SHanba kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Mashal” uchrashuvini Jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri – Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi, ikkalasi ham Toshkent shahridan. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Jasur Muxotorov ishlaydi. Hakamlar ishini Oleg Dachev nazorat qiladi.

Uchrashuvga PFL vakili sifatida Ahrol Inoyatov tashrif buyuradi.


Oliy liga

21-tur

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Mashal (Muborak)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Boshlanish vaqtlari

“Qo'qon-1912” – “Mashal” uchrashuvi 16 sentyabr, shanba kuni soat 16:30 da boshlanadi.

Ushbu jamoalarning o'rinbosarlar tarkiblari o'rtasidagi bahs esa 15 sentyabr, juma  kuni soat 16:00 da start oladi. Har ikkala uchrashuv ham Qo'qondagi “Markaziy”  stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика