So’nggi yangiliklar

12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  0 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  4 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  11 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  69 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2

"Qizilqum" jamoasi Latviya chempionini mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Qizilqum" jamoasi Latviya chempionini mag'lubiyatga uchratdi

SHu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida oxirgi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Unda konchilar Latviyaning amaldagi chempioni - "Ventsplis" (Ventsplis) futbolchilari bilan kuch sinashdi.

SHu o'rinda ikki og'iz raqib jamoa haqida.  "Ventsplis" (Ventsplis) futbolchilari Latviya milliy chempionatining olti ( 2006, 2007, 2008, 2011, 2013, 2014 yillar) karra chempioni sanaladi. Jamoa Evropa chempionlar ligasi uchrashuvlari qatnashchisi. Tarkibida nafaqat Latviya, balki Litva, Gruziya, Nigeriya, Mavritaniya kabi mamlakat futbolchilari ham to'p suradi.

Uchrashuvda bosh murabbiy Yuriy Lukin eng sara tarkibni maydonga tushirdi. Dastlabki daqiqalardan boshlab navoiyliklar katta tashabbusga ega bo'lishdi.

33-daqiqada maydonning o'ng qanotidan Feruz Boboqulovning havolatib jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Vyacheslav SHevchenko raqib darvozasi to'riga joyladi va hisobni ochdi - 1:0.

Oradan olti daqiqaga o'tgach, ukrainalik hujumchi yana bir bor o'zini ko'rsatdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan darvozadan chamasi o'n sakkiz metrlar uzoqlikdan Vyacheslav SHevchenko darvozaning yuqori to'qqizligini aniq nishonga oldi - 2:0.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham maydonda shiddatli kurash davom etdi. Ammo o'yin oxirigacha hisob boshqa o'zgarmadi.

Mazkur o'yinda "Qizilqum" jamoasi murabbiylar shtabi quyidagi tarkibni maydonga tushirdi:

Erkin Jabborov, Fayzulla Qambarov, Azizbek Usmonov, Mirjalol Qurbonov, Akmal Rustamov (sardor), Jumaev G'ayrat, Andrey Derkach, Alisher Sanoev, Feruz Boboqulov, Bahriddin Vahobov, Vyacheslav SHevchenko.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Alisher Xoliqov, Asqarjon Muhiddinov, Jamshid SHohnazarov, Farrux Haydarov.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi azolari 18 fevraldan boshlangan Turkiya yig'ini doirasida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar uyushtirdi.

SHuningdek, yig'in doirasida konchilar oltita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdilar. Side va Belek shaharchalarida o'tgan sinov-nazorat bahslarida navoiyliklar "Rostov" (Rossiya), "Karpati" (Ukraina), "Qaysar" (Qozog'iston), "Oqjetpes" (Qozog'iston), "Lokarno" (SHveycariya), "Ventspilis" (Latviya) jamoalariga qarshi o'ynadi. Bu o'yinlar "Qizilqum" jamoasining yangi mavsum arafasida o'z tarkibini va o'yin uslubini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz, albatta.

Antaliya yig'ini 4 martga qadar davom etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика