So’nggi yangiliklar

19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  6 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0

"Qizilqum": Ukraina, Gruziya, Serbiya, Braziliya va suriyalik legionerlar ko'rikdan o'tishadi Yangiliklar

"Qizilqum": Ukraina, Gruziya, Serbiya, Braziliya va suriyalik legionerlar ko'rikdan o'tishadi

O'zbekiston XXIII milliy chempionatini Navoiyning “Qizilqum” futbolchilari o'n birinchi pog'onada yakunladi.
Bu natija esa na futbol klubi rahbariyatini, na jamoa azolarini va na muxlislarni qoniqtirgani yo'q.

SHu bois, navoiyliklar yangi mavsumda o'z oldilariga katta maqsadlarni qo'yishmoqda. Rejaga ko'ra, 15 dekabr kuni konchilar o'z qarorgohlarida yig'ildilar.

Mashg'ulotlarda hozircha asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etishmoqda.

“Qizilqum” futbol klubi ijrochi direktori Hamidjon Aktamovning bildirishicha, ayni paytda 30 nafardan ziyod mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Jamoani faqatgina nukuslik Navro'zbek Alimov rasman tark etgan. Uning yangi mavsumni “Paxtakor” jamoasida boshlashi aniq bo'lgan.

“Qizilqum” jamoasi ilk yig'inni Navoiy shahrida olib boradi. Mashg'ulotlar 29 dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. So'ngra, yangi yil bayrami munosabati bilan bir haftalik kichik tatil elon qilinadi. Rejaga muvofiq, bayramdan so'ng, Yuriy Lukin shogirdlari 5 yanvardan navbatdagi bosqich o'quv-mashg'ulotlariga kirishadilar.

Navoiyliklar 2015 yilning 7 yanvarida Toshkentda “FutbolMed” sport-salomatlik markazida tibbiy ko'rikdan o'tadilar.

Yana malumot o'rnida shuni takidlash kerakki, “Qizilqum”ning yangi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashishi kutilmoqda. Hozirda klub rahbariyati va murabbiylari selekciya ishlariga jiddiy etibor qaratishmoqda.

Yanvar oyida poytaxtimizda tashkil etiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida Ukraina, Gruziya, Serbiya, Braziliya va Suriyadan tashrif buyuradigan legioner futbolchilarning ko'rikdan o'tishi kutilyapti. SHuningdek, “Qizilqum” jamoasi fevral oyida Turkiyada ikki haftalik o'quv-mashg'uloti uyushtirishni mo'ljallashgan. Yig'in davomida Evropa klublari bilan beshta o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi belgilangan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика