So’nggi yangiliklar

10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  8 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  9 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  8 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  45 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1

“Qizilqum” qachondan boshlab Navoiydagi stadionga qaytishi malum qilindi Yangiliklar

“Qizilqum” qachondan boshlab Navoiydagi stadionga qaytishi malum qilindi

Teglar :  Qizilqum
Malumki, uy uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionda maydon yoki projektor bilan bog'liq muammoga ega klublar mezbonlik maqomidagi o'yinlarini O'zPFL tomonidan qabul qilingan boshqa stadionlarda tashkil etib kelmoqda.

Yaqindagina “Buxoro” sport majmuasidagi maydon hamda projektor bo'yicha kamchiliklar bartaraf etilgani sabab “Buxoro” klubi o'z uy arenasiga qaytgandi. Endi esa “Qizilqum” ham bu boradagi talablarni bajardi. Mavsum avvalidan buyon O'zPFL ishchi guruhi Navoiydagi arenada chim bilan amalga oshirilgan ishlarni kuzatib bordi. 

“2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 16.8-bandiga asosan mezbon jamoa Musobaqaning rasmiy kalendar uchrashuvi boshlangunga qadar 20 kundan kech bo'lmagan muddatda o'yin kuni, joyi va vaqti borasida taklif berishga haqli. “Qizilqum”ning mana shunday taklifi asosida O'zPFL ishchi guruhi Navoiyda bo'ldi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Maydondagi zararlangan maysalarni almashtirish ishlari yakuniga etgan. Qolaversa, stadion yoritgichlarida ham sozlash ishlari olib borilgan. Ayni paytda “Yoshlar” sport majmuasi yoritish tizimi 2379 LUX’ni tashkil etmoqda. 

SHundan kelib chiqib, “Qizilqum” 10-tur doirasidagi “Surxon”ga qarshi uchrashuvdan boshlab o'z uy o'yinlarini Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazadi. “Qizilqum” — “Surxon” uchrashuvi 23 may, dushanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Malumot uchun. “Qizilqum” har ehtimolga qarshi butun bir mavsum davomida AGMK stadionidan foydalanish bo'yicha xat bergandi. Stadion bilan bog'liq muammolar ertaroq bartaraf etilgach, Reglament asosida klubga 10-turdan boshlab Navoiyga qaytishga ruxsat berildi. AGMK bilan o'yin esa shu yilning 27 fevral kuni imzolangan ikki klub o'rtasidagi kelishuv asosida o'tkaziladi. Mazkur kelishuv shu yilning 13 may sanasidan boshlab o'z kuchini yo'qotadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика