So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  2 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Qirg'iziston bosh murabbiyi: "G'alabamizni o'g'irlashdi" Yangiliklar

Qirg'iziston bosh murabbiyi: "G'alabamizni o'g'irlashdi"

CAFA Nations Cup 2-turidan o'rin olgan O'mon – Qirg'iziston uchrashuvidan so'ng ikki jamoa ustozlari fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Dastlab Qirg'iziston bosh murabbiy Urmat Abduakimov fikrlarini bildirdi. 

"Birinchi navbatda yigitlarga maydonda borini bergani uchun rahmat aytaman. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi deya olaman. Lekin bizning g'alabamizni o'g'irlashdi. Buni ko'rib chiqish kerak. 3 ta gol urib 1:2 yutqazish alamli. Og'ir mag'lubiyatni qabul qilib oldik, chunki maqsadimiz yuqori edi. Lekin oldinda yana bitta O'zbekistonga qarshi o'yin kutib turibdi. Ko'proq gol urishga harakat qilamiz",- deydi Urmat Abdukaimov.

- Oxirgi daqiqalarda jamoaga nima etishmadi?

- Qiyin vaziyat. Maydonga xalqaro maydonda tajribasi kamlarga imkoniyat berdik, shu bois tajriba etishmadi. Boz ustiga markaziy himoyachilarimiz bilan bog'liq 2 ta rejalashtirilmagan o'zgarish qildik. Qiyin raqib bilan o'yinda oson bo'lmaydi. Standart vaziyatlardan ko'p gol o'tkazyapmiz. Buni ko'rib chiqish kerak. 

- Kojoning hisobga olinmagan golini qaytadan ko'rdingizmi?

- Tasvirlarni endi ko'rib chiqamiz. Savollar bor albatta. Ammo zaxira o'rindig'idan turib ko'rish boshqacha xulosalarni beradi. Ayniqsa sizga qarshi qarorlar qabul qilinsa.

- Bir yarim yil oldin Osiyo Kubogida O'mon bilan durang o'ynagandinglar. Bu vaqt ichida Qirg'iziston terma jamoasi qanchalik kuchaydi, nimalar o'zgardi?

- Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichida qatnashish katta tajriba berdi. Munosib natijalar qayd etdik. Debyutimizdan hech kim bunday natijalar kutmagandi. Biz yanada kuchli jamoaga aylandik degan bo'lardim. Mazkur turnirda tarkibimiz to'liq emas, chunki tajribali futbolchilar etib kelmagan. Bu orqali yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика