"Qayrat" bosh murabbiyi Kalmurzaga mashina sovg'a qilinishi haqida: "Agar yordam bermoqchi bo'lsangiz – klubga avtobus yoki mikroavtobus sovg'a qiling. Bir kishini alohida ajratish noto'g'ri, bu jamoaviy sport"
06 okt 21:36
Yangiliklar
"Qayrat" bosh murabbiyi Kalmurzaga mashina sovg'a qilinishi haqida: "Agar yordam bermoqchi bo'lsangiz – klubga avtobus yoki mikroavtobus sovg'a qiling. Bir kishini alohida ajratish noto'g'ri, bu jamoaviy sport"
Chempionlar Ligasida "Real"ga qarshi o'yindan (0:5) so'ng "Qayrat" darvozaboni Sherxan Kalmurzaga avtomobil sovg'a qilishdi.
"Biz biznesmenlarimizga bunday sovg'alar berishni taqiqlay olmaymiz. Lekin bu erda ham to'g'ri tushunish kerak – biror futbolchini alohida ajratib qo'yish noto'g'ri. Bu jamoaviy sport turi.
Mening fikrim shunday: agar yordam bermoqchi bo'lishsa, klubning o'ziga yordam berishsin. Agar sovg'a berishsa – u holda hammanga bersin, tushunyapsizmi?
Men bunday sovg'alar berayotgan odamlarga aql o'rgata olmayman. Lekin jamoaviy ish nuqtai nazaridan, albatta, faqat bir kishini alohida ajratish to'g'ri emas. Klubimizda shunday tushuncha bor: biz jamoamiz. Agar sovg'a bersangiz – barchaga bering. Bo'lmasa klubning o'ziga bering, masalan, avtobus yoki mikroavtobus. Mening poziciyam shu – bunday qilish, albatta, to'g'ri emas. Lekin yana aytaman, men bunday narsani taqiqlay olmayman", – dedi "Qayrat" bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar