PSJning "Real"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng Neymar va Donnarumma mushtlashib ketishlariga bir baxya qoldi
10 mar 2022 15:03
Yangiliklar
PSJning "Real"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng Neymar va Donnarumma mushtlashib ketishlariga bir baxya qoldi
PSJning "Real" (1:3)dan CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi mag'lubiyatidan so'ng katta janjal bo'ldi.
Kelishmovchilik hujumchi Neymar va darvozabon Janluiji Donnarumma o'rtasida bo'ldi. Futbolchilar o'tkazilgan gollar bo'yicha faol tarzda bahslashishdi. Neymar birinchi o'tkazib yuborilgan golda Donnarummani qoraladi, italiyalik esa ikkinchi gol vaziyatida braziliyalik muvaffaqiyatsiz o'ynaganini aytdi. PSJ o'yinchilari mushtlashib ketishga bir baxya qolgan futbolchilarni ajratishdi.
"Real" kecha PSJni ikki o'yin hisobi bilan 3:2 hisobida mag'lub etdi va CHempionlar Ligasi 1/4 finaliga chiqdi. Parijliklar musobaqani tark etishdi.
30 yoshli Neymar joriy mavsum PSJ tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar