PSJ Sancho uchun kurashga qo'shildi, ularning asosiy raqobatchisi - MYU
05 mar 2019 12:25
Yangiliklar


PSJ Sancho uchun kurashga qo'shildi, ularning asosiy raqobatchisi - MYU
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, PSJ 18 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shildi. Parijliklardan tashqari xavbekka "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Borussiya" bu klublar qiziqishidan xabardor va ko'proq mablag' taklif qiladigan klubga Sanchoni sotishi mumkin. Taxminlarga ko'ra, futbolchining narxi 100 mln. funtgacha chiqishi mumkin.
Oldinroq, angliyalik yarim himoyachiga "Real", "Barselona" va "Bavariya" qiziqayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar