PSJ prezidenti: "CHempionlar Ligasidagi oxirgi ikkita o'yin – bu finallar"
12 dek 13:22
Yangiliklar
PSJ prezidenti: "CHempionlar Ligasidagi oxirgi ikkita o'yin – bu finallar"
"Ishlar yaxshi ketmoqda. Bu biz uchun muhim, hal qiluvchi o'yin edi. ECHLdagi yo'limizni davom ettirish uchun g'alaba qozonishimiz shart edi. Buni hamma tushunib turgandi. Biz yaxshi o'ynadik, g'alaba qozondik, ko'p gol urdik – bu jamoaga ishon beradi. Bizga bu bahs yoqdi, ammo yakshanba kuni "Lion"ga qarshi boshqa bir muhimuchrashuv kutib turibdi. CHempionlar Ligasidagi oxirgi ikkita o'yin – bu finallar. Buni hamma biladi. Muxlislarimiz bo'ladi va ular bizni qo'llab-quvvatlashadi. Biz har bir o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz. Futbolchilarimizga ishonamiz. ECHLning bu uchrashuvida biz 90 daqiqa ustunlik qildik. Bu bahs barchaga umid beradi. Futbolda gol urmasang, g'alaba qozonishing qiyin. Men PSJga doim ishonganman. Bizda dunyoning eng yaxshi murabbiyi bor va u bilan uzoq muddatli loyiha ustida ishlayapmiz.
Fikrlar