PSJ muxlislari Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi uyushtirishdi
04 may 2023 10:05
Yangiliklar
PSJ muxlislari Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi uyushtirishdi
PSJ muxlislari hujumchi Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi uyushtirishdi.
Muxlislar braziliyalik hujumchining uyi oldida “Neymar, yo'qol”, deb hayqirishdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq parijliklarning muxlislari klub rahbariyati qarorgohi oldida jamoa tarkibini o'zgartirishni talab qilib namoyish o'tkazishgandi. Ular jamoa hujumchilari Lionel Messi va Neymar, bosh murabbiy Kristof Galte va prezident Nasser Al-Xelaifini haqorat qilishgandi.
Neymar 2017 yildan beri PSJni himoya qilib kelmoqda. Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan. Braziliyalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar