PSJ Gonsalu Ramushga qiziqish bildirmoqda
20 iyu 2023 12:26
Yangiliklar
PSJ Gonsalu Ramushga qiziqish bildirmoqda
"Benfika" hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Pedru Almeyda.
Manbaga ko'ra, parijliklar jamoasi futbolchining transferi uchun 55 million evro to'lashga tayyor. Klub vakillari allaqachon futbolchi bilan muzokara olib borishgan.
Malum qilinishicha, futbolchining o'zi PSJga o'tishga qarshi emas. Uning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
22 yoshli portugaliyalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum "burgutlar" safida 47 ta o'yinda qatnashib, 27 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar