PSJ futbolchisi Mourinyuning qo'ng'irog'i sabab Angliyaga emas, Turkiyaga ketmoqda
22 jan 2025 17:33
Yangiliklar
PSJ futbolchisi Mourinyuning qo'ng'irog'i sabab Angliyaga emas, Turkiyaga ketmoqda
Joze Mourinyu himoyachi Milan SHkrinyarning "Fenerbaxche"ga o'tishida hal qiluvchi rolni o'ynadi.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Joze Mourinyu markaziy himoyachi bilan telefon orqali gaplashganidan so'ng "Fenerbaxche" jamoasi SHkrinyar uchun kurashda "Galatasaroy"ni ortda qoldirdi.
SHkrinyar shu qishda PSJni tark etadi, unga shuningdek "Tottenxem" ham davogarlik qilgan edi.
Turkiyalik jurnalist Yagiz Sabunchugluning xabar berishicha, "Fenerbaxche" SHkrinyar bilan kelishib bo'lgan. Futbolchi bugun Istambulga boradi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar