Pshemislav Banashak "Paxtakor"da gol urgan 26-xorijlik futbolchi
03 avg 2022 15:40
Yangiliklar
Pshemislav Banashak "Paxtakor"da gol urgan 26-xorijlik futbolchi
"Polshalik hujumchi Pshemislav Banashak O'zbekiston chempionatida jamoamiz uchun to'p kiritgan 26-chet ellik o'yinchiga aylandi.
SHuningdek, u jamoamiz va Superligada o'ynagan hamda to'p kiritgan birinchi polshalikka aylandi. Endilikda "Paxtakor" safida gol urgan futbolchilar soni 26 nafarga etdi. Ular 15 mamlakat fuqarolari sanaladi. Eng ko'p to'p kiritgan xorijlik o'yinchilar CHernogoriya va Serbiyadan hisoblanadi. SHuningdek, uch nafar Braziliya fuqarolari "Paxtakor" uchun O'zbekiston chempionatida to'p kiritishga erishgan.
Eng ko'p gol ayni paytda jamoamiz sharafini himoya qilayotgan Dragan CHeran hisobiga yozilgan. U 70ta to'p muallifiga aylangan. Ixeruome Uche hisobida 30 gol mavjud. Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze va Tiago Bezerra 20tadan ortiq gol urishgan", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar