So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Projektor mavzusi davom etadi. Navbat "Neftchi", "Surxon" va "Qo'qon-1912" stadionlariga Yangiliklar

Projektor mavzusi davom etadi. Navbat "Neftchi", "Surxon" va "Qo'qon-1912" stadionlariga

Teglar :  NeftchiSurxon
Yaqinda Pro liga klublarining stadionlaridagi yoritgichlari bilan bog'liq masalalarga to'xtalgan edik.


Ko'za kunda emas, kunida sinadi. Pro ligada projektorlar muammosi yoxud Superligaga yaqin jamoalarning stadioni tayyormi?


"Neftchi"

Farg'onaliklar ishqibozlar "Istiqlol" arenasiga qaytishni intiqlik bilan kutayotgan bo'lsalar ajab emas. Ikkinchi davra boshlandi hamki hali maydon to'liq tayyor bo'lmagan. "Neftchi" vakillari bilan muloqot qilganimizda barcha narsa shay ekanligini, faqat maysa meyoriga kelmaganini aytishdi. Projektor borasida katta muammo yo'q. Qo'shimcha chiroqlarni o'rnatib yoritish darajasini talab beradigan holga keltirishsa bas. Harakatlar esa boshlangan. OAV qulaylik yaratish maqsadida maksimal tezlikdagi internet tizimi ham olib kirilganini qo'shimcha qilish joiz. Bu albatta yaxshi yangilik. Yuqorida aytganimizdek asosiy muammo chim bilan bog'liq bo'lib qolmoqda. Jamoa keyingi turni ham Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohida o'tkazishga majbur. "Neftchi" bu mavsum Superligadagi 8ta o'yinda raqiblarini shu maydonda qabul qildi. 



"Surxon"

Ayni paytda Termizdagi "Alpomish" stadioni masalasida klub bilan bog'langanimizda rekonstrukciya ishlari olib borilayotganini, tez orada rasmiy sayti ishga tushirilib bu borada batafsil malumot berishlini takidladi. Garchi klubdan aniq javob ololmagan bo'lsakda, boshqa tomondan surishtirdik. Avvalgiga qaraganda oldinga siljish borligini ayta olamiz. Klub yaqinda yoritgichlarni olib kelgan. SHu kunlarda ularni o'rnatishni boshlaydi. Ortda qolgan davr mobaynida "Surxon" vaqtinchalik mezbon sifatida Olmaliqdagi OKMK, Samarqandning "Dinamo", Toshkentning "Lokomotiv" stadionlaridan foydalandi. 



"Qo'qon-1912"

"Neftchi" singari qo'qonliklar ham Yaypanda nominal mezbon sifatida to'p tepmoqda. Qo'qondagi "Markaziy" stadion chimi yaxshi holatda. Projektor masalasida hali hamon sukut, deb taxmin qilgan edik. Biroq klub matbuot xizmatiga aloqaga chiqar ekanmiz, yoritgichlarning bir qismi qolganini, o'rnatish boshlanganini malum qildi. Oktyabr oyida o'zbek futbolining 110 yillik yubileyi Qo'qon shahrida o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, unga qadar jamoa o'z maydoniga qaytishga harakat qiladi. 

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика