So’nggi yangiliklar

00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1

Pro-Liga ishtirokchisi "Turon" jamoasi haqida Yangiliklar

Pro-Liga ishtirokchisi "Turon" jamoasi haqida

Teglar :  PRO-ligaTuron
Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanining "Turon" jamoasi joriy mavsumdan Pro-Liga musobaqalari ishtirokchisiga aylandi.

O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yayotgan jamoa yangi mavsumga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda. Tajribali murabbiy Bahrom Hakimov boshchiligidagi "Turon" jamoasi uy uchrashuvlarini Yaypan shaharchasining "Konizar" o'yingohida o'tkaziladi.

Pro-Liga sari bosib o'tilgan yo'l

2018-yilgi futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligida ishtirok etgan "Turon" jamoasi yakunda birinchi o'rinni egallab, turnirning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Yaypanliklar Farg'ona viloyati birinchiligida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 22 tasida g'alaba qozondilar, 2 ta uchrashuvda durang natija qayd etildi. SHuni alohida takidlash lozimki, "Turon" jamoasi mazkur turnirda umuman mag'lubiyatga uchramagan xolda jami 68 ochko jamg'ara oldilar. To'plar nisbati - 64:16.



Yangi mavsumga tayyorgarlik

2019-yilgi Pro-Liga musobaqalariga tayyorgarlik ko'rayotgan "Turon" jamoasi qishki yig'in davomida Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" musobaqasida ham faol ishtirok etdilar. Mazkur musobaqada "Neftchi", "Qo'qon 1912", "Istiqlol" kabi kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlar o'tkazilganligi "Turon" jamoasiga katta tajriba maktabi bo'lib xizmat qildi deb aytish mumkin.

SHuningdek jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik oldidan bir qator xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushib ulgurdi. Joriy yilning 17-mart sanasidan "Turon" jamoasi Tojikistonda o'tkazilgan futbol bo'yicha xalqaro musobaqada ishtirok etishi rejalashtirmoqda.


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика