So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Prevyu. "Olmaliq" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "Metallurg"

Teglar :  OlmaliqMetallurg
Toshkent viloyati derbisida "Olmaliq" va "Metallurg" klublari o'zaro kuch sinashishadi.
Olmaliq (Olmaliq) – Metallurg (Bekobod)
9 aprel 2016. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 17:00
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), A. Burov (Buxoro). D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Bu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 16 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Olmaliq”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Olmaliqliklar 16 bahsning 8tasida g'alaba qozonishgan. 7 uchrashuvda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Bitta o'yinda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati ham tabiiyki “Olmaliq” foydasiga 34-32. O'zaro o'inlarda “Olmaliq” 25 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Metallurg” 22 ochkoga ega bo'lgan.
 “Olmaliq”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1. “Metallurg”ning “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:2 ni tashkil etadi.

O'tgan yil jamoalar o'z maydonida g'alabaga erishishgan. Olmaliqdagi o'yinda SHavkat Salomov va Kamoliddin Murzoev mehmonlar darvozasiga gol urgandi. Jahongir Abdumo'minov esa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi – 2:1. Qizig'i Abdumo'minov bu yil “Metallurg”ga ko'chib o'tdi. Bekoboddagi bahs gollarga boy bo'lgan. Saidjon Abdujabborov (2ta), SHahzodbek Nurmatov, Ayubxon No'monov tomonidan urilgan gollarga Arslonmurod Omonov va Nemanya Yovanovich javob berishgandi – 4:2.

Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
30.05.2015 Olmaliq - Metallurg 2:1
03.08.2014 Olmaliq - Metallurg 3:2
25.08.2013 Olmaliq - Metallurg 2:1
20.05.2012 Olmaliq - Metallurg 3:2
12.05.2011 Olmaliq - Metallurg 4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” o'z uyida bu raqibga qarshi bo'lib o'tgan 8 o'yinning barchasida g'olib bo'lgan. Sakkiz o'yinning faqat bittasiga yirik hisob qayd etilgan. “Metallurg” safarda bu jamoa darvozasiga faqat bitta uchrashuvda gol ura olmagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика