So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

PREVYU. Levchenko va "Neftchi"ning omadli yurishi davom etadimi? Yangiliklar

PREVYU. Levchenko va "Neftchi"ning omadli yurishi davom etadimi?

Teglar :  NeftchiNavbahor
Coca Cola Superligasining 22-turidan bir nechta qiziqarli uchrashuvlar o'rin olgan. Ulardan biri vodiy derbisi.

"Neftchi" - "Navbahor" o'rtasidagi uchrashuvlar azaldan o'zining shiddati, azarti, to'qnashuvlarga boy o'tishi bilan qolgan derbilardan ajralib kelgan. Garchi so'nggi yillarda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarga qiziqish biroz kamaygan bo'lsada, principiallik yo'qolmagan. Derbi o'z nomi bilan derbi. Ayniqsa, bugungi uchrashuv har tomonlama muhimlilik darajasi o'ta yuqori. 

Neftchi

Fozil Musayev - 4'

Superliga. 22-tur

18/10/2022, 18:30

2
:
1
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 29', Zoran Marushich - 64'

45'
90'
4'  Fozil Musayev
29'  Jamshid Iskanderov
64'  Zoran Marushich


FARG'ONADAN 18 YILDAN BERI G'ALABASIZ QAYTAYOTGAN "LOCHINLAR" 


"Navbahor" "Neftchi"ni mehmonda so'nggi bor 2004 yil mag'lub etgan. Samvel Babayan shogirdlarining Farg'onadagi g'alabasiz seriyasi 14ta o'yinni tashkil qiladi. Superligadagi umumiy o'zaro o'yinlarda ham "Neftchi" katta ustunlik qilmoqda. 26 g'alaba, 13 mag'lubiyat. 16 uchrashuvda durang qayd etilgan. 


Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi 5ta uchrashuv:

15.08.2014 yil

Neftchi - Navbahor  1:0

04.04.2015 yil.

Neftchi - Navbahor  1:0

12.03.2016 yil

Neftchi - Navbahor  1:0

19.08.2017 yil

Neftchi - Navbahor  1:1

08.08.2018 yil

Neftchi - Navbahor  2:1


"NEFTCHI" OSMONIDA "OQ BULUTLAR" 

Birinchi davradan so'ng autsayderlar qatoriga tushib qolgan "Neftchi" ikkinchi davrani kutilganidandan yaxshi o'tkazmoqda. Farg'onaliklar 8ta uchrashuvda jami 14 ochko ishlashni uddasidan chiqishdi va faqatgina "Paxtakor"ga mag'lub bo'lishdi. Bu borada Superliga jamoalari orasida katta sakrash aynan "Neftchi"da kuzatildi. Vitaliy Levchenko qisqa vaqt ichida natija keltirishni uddasidan chiqa olayotgani tahsinga sazovor. 



"CHINORLAR" UYGA QAYTMOQDA 

Ha, so'nggi paytlarda "Neftchi"ni turli nomlar, laqablar bilan nomlashayotgani qulog'imizga chalinayotgandi. Lekin barchamiz uchun ular "chinorlar" bo'lib qolaveradi. Jamoa nihoyat uzoq vaqtdan so'ng uyga qaytish arafasida bo'lib turibdi. "Istiqlol" stadioni yana katta uchrashuvlarni qabul qilishga shay holatda. Jamoa oxirgi marotaba mazkur arenada 2021 yilning 14 noyabr kuni Pro liganing 23-turida "Buxoro" bilan to'qnash kelgan, o'yin 1:1 hisobida yakunlangandi. Vitaliy Levchenko boshchiligida jamoa azolari mashg'ulot ham o'tkazishga erishdi. 



YURIY SARKISYAN FARG'ONADA 

Darhaqiqat, "Neftchi"ni brend darajasiga olib chiqqan, bu klub bilan ko'plab yutuqlarga erishgan shaxs so'zsiz Yuriy Vazgenovich Sarkisyandir. Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, murabbiy bugungi uchrashuv mehmoni bo'ladi va bahsni ochib beradi. Sarkisyanni "Neftchi"dan qay tariqa xaydalgani hamon yodimizda. Endilikda klub o'zaro do'stlik rishtalarini tiklasa ajab emas.

"Men har doim ushbu jamoaga muxlislik qilganman va bundan keyin ham muxlis bo'lib qolaman. Buni yodda tutishingizni istayman. Jamoani kim boshqarishi, unda kimlar ishlashi ahamiyatsiz. "Neftchi" hayotimning bir parchasi bo'lib qoladi",- degan edi Sarkisyan



"OLTIN DUBL" ORZUSIDAGI "NAVBAHOR"

O'zbekiston kubogi finaliga yo'l olgan "Navbahor" chempionatda ham oltin medallar yo'lida hali kurashdan chiqqani yo'q. Peshqadam "Nasaf" bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil qiladi. Taqvimga nazar solsak, eng qulay raqiblar keyingi turlarda "lochinlar"ga ro'baro' kelishini ko'rish mumkin. 

"Olimpik" (uyda) 

"Lokomotiv" (safarda) 

"Metallurg" (safarda) 

AGMK (uyda)

"Neftchi" o'rtamiyonalar safida mavsumni yakunlashi ehtimoli mavjud. Biroq ularni oldinda "Nasaf" va AGMK bilan oson bo'lmagan bellashuvlar kutmoqda. "Metallurg" va "Surxon" ham ancha "bosh og'riq" vazifasini o'tab beradi. Jamoa ayni damda ajoyib sport formasida. Kayfiyat va ishonch qaytgan. 



Demak, barcha futbol ixlosmandlarini Farg'onadagi "Istiqlol" o'yingohiga chorlab qolamiz. Qolgan mulohazalarga o'yindan keyin yana bafurja to'xtalamiz. Maroqli tomosha!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика