So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Prevyu. “Dinamo” – “Nasaf” Yangiliklar

Prevyu. “Dinamo” – “Nasaf”

8 mart kuni Superliga bahslariga start beriladi.

“Ajdarlar” Superliga 1-turini Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Yon qo'shnilar sanalmish Samarqand va Qarshi shahri jamoalari o'rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'lgan. SHuningdek “Dinamo” jamoasi “Nasaf” uchun doimo noqulay raqib bo'lib kelgan.

Samarqand jamoasi bir yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytdi. Eslatib o'tamiz “Dinamo” jamoasi Pro-ligada ishtirok etgan edi.

Mana oradan bir yil o'tib, mazkur jamoalar yana Superligada tuqnash kelishmoqda. “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 9 mart shanba kuni “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.



O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 38 bor kuch sinashishgan. Natijalar "Nasaf"ning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 20 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o'yinda esa “Dinamo” g'alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 35:55ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.

"Nasaf" so'nggi o'zaro uchrashuvni 2017 yil 20 oktyabrda Qarshida o'tkazgan. Bu uchrashuv 3:0 hisobida yakunlangan. 2018 yilgi mavsumda “Dinamo” Superligada ishtirok etmagan.



Samarqanddagi o'zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Samarqandda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning oltitasida "Nasaf" g'alaba qozongan. Besh uchrashuvda samarqandliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan etti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 39ta to'p kiritilgan. To'plar nisbatida ham kichik ustunlik “Nasaf” tomonida 19:20.

Samarqandda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarda so'nggi bor, 2008 yili “Dinamo” 3:0 hisobida g'alabaga erishgan. “Nasaf” so'nggi bor, Samarqandda 2014 yili g'alaba qozongan. Bu uchrashuvda “ajdarlar” raqiblari darvozasiga beshta javobsiz to'p yo'llashgan.

Etiboringizga, Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

13.05.2017 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
31.10.2015 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
03.08.2014 «Dinamo» - «Nasaf» 0:5
17.08.2013 «Dinamo» - «Nasaf» 1:3
15.03.2012 «Dinamo» - «Nasaf» 0:2


Dinamo

Amirzhon Safarov - 51'

Superliga. 1-tur

09/03/2019, 16:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Dilshod Saitov - 12'

45'
90'
51'  Amirzhon Safarov
51'  Sardor Eminov
62'  Shohruh Eshbo’taev (Botirali Ergashev)
66'  Damir Temirov (Jasur Azimov)
77'  Amirzhon Safarov (Vohid Shodiyev)
82'  Hakimzhon Alamxonov
12'  Dilshod Saitov
12'  Xurshidbek Muxtorov
71'  Oybek Bozorov (Bobir Abdixoliqov)
79'  Akmal Mozgovoy (Islom Kenzhaboev)
90'  Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика