So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Prevyu. Boshqa "Deportivo" boshqa "Real"ga qarshi Yangiliklar

Prevyu. Boshqa "Deportivo" boshqa "Real"ga qarshi

Teglar :  AlavesBetisIspaniya
Bugun "Deportivo Alaves" - "Real Betis" uchrashuvi bilan Ispaniya chempionatining 16-turi start oladi.

"Deportivo Alaves" - "Real Betis"
Bosh hakam: Ignasio Iglesias Villanueva 

"Alaves" o'z maydonida mana 4 o'yindirki, zafar qucha olmayapti. "Qirollik klubi" vakillari 4 ta gol urishgan bo'lsa, "Malaga" va "Las Palmas"bilan bahslar 1:1 hisobida yakunlandi, katalonining "Espanol" jamoasi safardan kichik (1:0) hisobdagi g'alaba bilan qaytgan. 

"Betis" so'nggi 3 o'yinda 7 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Qayd etish zarur, ularning barchasi o'z maydoni - "Benito Vilyamarin" stadionida bo'lib o'tdi. Jamoa avvaliga La-Korunyaning "Depor"ini taslim qildi (1:0), keyingi mehmon - "Selta" bilan jangovar 3:3 hisobidagi durrang qayd etildi. Hisobda ortda borayotgan "Betis" futbolchilari, iroda ko'rsatib, uchrashuvni o'z foydalariga hal etay deyishgandi. Ammo g'alaba uchrashuvning 85-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Fakundo Ronkalya tomonidan urilgan goldan so'ng, boy berildi. 

Bu o'yin tarixga shuningdek, Ruben Kastroning 70-goli qayd etilgan uchrashuv sifatida kirdi. SHu tariqa, u Alfonso Peresni (69) ortda qoldirdi. Ruben Kastro klub tarixidagi "eng ko'p gol urgan"lar orasida 2-pog'onaga chiqib oldi. Keyingi "nishon" Pol Rinkonning "78ta gol" natijasi! 


O'ZARO UCHRASHUVLAR TARIXI:

25.04.15  "La Liga" Segunda  "Alaves" - "Betis"  1 : 2

23.11.14  "La Liga" Segunda  "Betis"  - "Alaves"  1 : 2

03.05.06  "La Liga" Primera  "Alaves" - "Betis"  2 : 0

21.12.05  "La Liga" Primera  "Betis" - "Alaves"  3 : 0

01.06.03  "La Liga" Primera  "Alaves" - "Betis"  0 : 1    

Qiziqarli faktlar:

"Betis" mehmondagi oxirgi 12 uchrashuvning barchasida gol o'tkazib yubormoqda. Jami - 28 ta.  

"Betis" La Liga doirasida basklar jamoalarini 2012 yilning avgustidan beri yuta olmaydi. O'shanda jamoa "Atletik" ustidan 5:3 hisobida zafar quchgan. 8 ta uchrashuvda 2 durang va 6 mag'lubiyat. Har bir o'yinda o'rtacha 2,5 tadan gol o'tkazib yuboradi. 

"Betis" - ochkolarining aksariyatini juma kuni bo'lib o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritgan (21dan 11tasi, bu 52%)

"Alaves" gollarining 29% ni o'yinning dastlabki 15 daqiqasida kiritgan, bu La Liganing eng yaxshi natijasi.


JAROHATLANGAN VA DISKVALIFIKACIYA QILINGANLAR:

"Deportivo Alaves": yo'q

"Real Betis": Musonda - jarohat.


ISPANIYA CHEMPIONATI. Musobaqa jadvali

Taxminiy tarkiblar:

"Deportivo Alaves": Pacheko - Teo, Laguardiya, Feddal, Aleksis, Kiko Femeniya - Manu Garsiya, M.Lorente, Kamarasa, Ibai - Deyverson

"Real Betis": Adan - Xose Karlos, Pesselya, Mandi, Pichchini - Sebalos, Donk, Petros - Ruben Kastro, Sanabriya, Xoakin

 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика