Prestianni Viniga qilgan irqchiligi uchun 10 ta o'yinga chetlatilishi mumkin
18 fev 21:17
Yangiliklar
Prestianni Viniga qilgan irqchiligi uchun 10 ta o'yinga chetlatilishi mumkin
Futbolchiga nisbatan rasmiy ish ochilgandi.
UEFA etika va intizom inspektori "Benfika"ning yarim himoyachisi Janluka Prestiannining "Real"ga qarshi (0:1) o'yinda irqchilik qilganini aniqlasa, uni 10 o'yinga chetlatishi mumkin. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Argentinalik futbolchini "oq kiyimlilar" hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik fikrlarini bildirganlikda ayblashmoqda.
Ushbu majburiy jazo 2013 yilda hozirgi FIFA prezidenti Janni Infantino UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan davrida joriy etilgan edi.
Ilgari bu jazo 2021 yilda "Slaviya" va "Reynjers" o'rtasidagi Evropa Ligasi o'yinidan so'ng qo'llanilgan edi. Chexiya klubi markaziy himoyachisi Ondrey Kudela raqibi Glen Kamaraga nisbatan irqchilik haqoratlarida ayblanib, aybdor deb topilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar