Pogba MYUga nisbatan boykot elon qilishi mumkin
15 iyu 2019 17:24
Yangiliklar
Pogba MYUga nisbatan boykot elon qilishi mumkin
Franciyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, 26 yoshli xavbek "qizil iblislar" rahbariyatidan uni "Real"ga sotishni so'ramoqchi. Agar mankunianlar franciyalikka rad javobini berishsa, u boykot elon qilib, klubning mavsumoldi yig'inida ishtirok etmasligi mumkin. Futbolchi "Qirollik klubi"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi.
Pogba yakunlangan mavsumda APLning 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 9ta golli pas berdi. Franciyalik va MYU o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar