Pochettino "CHelsi"dagi asosiy futbolchi nomini aytdi
11 noy 2023 14:41
Yangiliklar
Pochettino "CHelsi"dagi asosiy futbolchi nomini aytdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoadagi asosiy futbolchini ajratib ko'rsatdi.
"Palmerdan mamnunmiz. Unga ishonamiz, kelajagi bo'yicha ham katta istiqbollarni ko'ryapmiz. U juda aqlli va tezda ko'nikib ketdi.
Koul o'sishda davom etishi kerak, lekin u allaqachon alo darajada o'ynamoqda. Biz uni loyihamizdagi asosiy figura deb bilamiz", – dedi mutaxassis.
Palmer o'tgan yozda "Manchester Siti"dan "CHelsi"ga o'tgandi. Transfer summasi 47 million evroni tashkil qildi. 21 yoshli yarim himoyachi shu kungacha "ko'klar" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar