Pike, Alba, Buskets va Roberto "Barsa"ning keyingi mavsumdagi rejalariga kirmaydi
		
		21 okt 2022 22:42
        Yangiliklar	
	
				
				Pike, Alba, Buskets va Roberto "Barsa"ning keyingi mavsumdagi rejalariga kirmaydi
Klubda ancha yillardan beri o'ynab kelayotgan o'yinchilarning "Barsa"dagi faoliyati oxirlab qolgan ko'rinadi.
			ESPN nashrining malum qilishicha, "Barselona"ning keyingi mavsumdagi rejalarida Serxio Buskets, Jerar Pike, Jordi Alba va Serxi Robertolar yo'q. Buskets va Robertoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Pike va Albaning esa 2024 yilgacha kelishuvlari bor.
Alba va Pike shu mavsumning o'zidayoq asosiy tarkibdagi o'rinlarini yo'qotishdi. Roberto esa jarohat sabab juda ko'p marta zaxirada qolmoqda. Buskets esa asosiy tarkibda o'ynamoqda va Jahon chempionatidan keyin kelajagiga oydinlik kiritadi.
Klub esa yozda himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida. SHu sabab ham bu o'yinchilar klubning kelajakdagi rejalariga kirmaydi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar