So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

PFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qiladi Yangiliklar

PFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qiladi

Coca Cola kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun navbatdagi engillikni yaratishga qaror qildi.

Sir emaski, Superliganing 2019 yilgi mavsumi 8 mart sanasidan start oladi.

8 mart qanday kun ekani barchaga malum. 2018 yilgi mavsumda Superliga klublari asosiy jamoa uchun 500 million so'm, ayollar va futzal jamoalari uchun esa 50 million so'mdan badal puli to'lagan. PFL 2019 yilda bu summani oshirmaslikka qaror qilgandi. Endi esa uni kamaytirish yo'liga o'tadi. Birinchi galda ayollar futbol jamoalari uchun badal pullari bekor qilinadi.

“Pepsi bilan kelishuv bizga katta yordam berdi. U orqali bir qator muammolarimizni echishga harakat qildik. Endi esa qadamni yanada jiddiyroq tashlash imkoniyati tug'ildi. Coca Cola bilan homiylik bizga o'z maqsadlarimiz sari yanada tezroq qadam bosish uchun turtki bo'ladi. SHundan kelib chiqib, boshlanishiga ayollar futbol klublarini badal pullaridan ozod qildik”, — dedi bu haqda Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov.

“Bu bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q. Boshlagan ishimizni davom ettira olsak, kelasi mavsumdan endi badal pullarini kamaytirish, bazi klublarni umuman badal pullaridan ozod qilishgacha borishimiz mumkin. Biz klublarga o'z aravasini bosqichma-bosqich o'zi torta olish yo'lida ham o'rnak bo'lishni istaymiz”, — deb so'ziga yakun yasadi Omon G'ofurov.

Malumot uchun, PFL bunga qadar hakamlar, inspektorlar va komissarlarning klublar bo'ynida bo'lgan chiqimlarini ham o'z gardaniga olgandi. SHuningdek, joriy mavsum PFL Superliga klublari futbolchilarining 10 millionlik sug'urta polislari xarajatlarini ham o'z yonidan to'lab beradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика