Petr CHex MYUning derbidagi ilk goli haqida: “Ayrim odamlar qoidalarni tushunmasligini ko'rsatib qo'ydi”
15 jan 2023 08:40
Yangiliklar
Petr CHex MYUning derbidagi ilk goli haqida: “Ayrim odamlar qoidalarni tushunmasligini ko'rsatib qo'ydi”
“CHelsi” sobiq kiperi Petr CHex APL 20-turida MYU azosi Brunu Fernandeshning “Man Siti” darvozasiga urgan goliga to'xtaldi.
2-taymda hisob 0:1 bo'lib turgan vaqtda, Kazemiro to'pni ofsaydda turgan Markus Reshford tomonga uzatdi. 25 yoshli ingliz esa to'pga teginmadi va uni jamoadoshi Fernandeshga qoldirdi. Oqibatda portugaliyalik raqib darvozasini ishg'ol etdi. Uchrashuv bosh hakami Styuart Ettuell VARga murojaat qilib, mazkur golni hisobga oldi.

“Manchester Yunayted”ning birinchi goli qandaydir yangi qoidalar o'ylab topadigan odamlarning o'yinni tushunmasligini isbotladi”, deya yozgan CHex ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Malumot o'rnida, Xalqaro futbol associaciyasi kengashi (IFAB) qoidasiga ko'ra ham Fernandeshning goli sof urilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar