So’nggi yangiliklar

00:00Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  36 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  27 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  3 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  12 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

Petar Segrt: "O'zbekiston bilan ham o'ynashga tayyormiz. Sizlar bunga rozimizislar?" Yangiliklar

Petar Segrt: "O'zbekiston bilan ham o'ynashga tayyormiz. Sizlar bunga rozimizislar?"

Tojikiston bosh murabbiyi Petar Segrt "Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasida Qirg'izistonga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Tojikistonlik barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman, ular uchun bu ko'p narsani anglatadi. SHuningdek, Qirg'iz Respublikasini ham tabriklayman. Bugun har ikki jamoada ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Biz bugun aqlliroq o'yin namoyish etdik va g'alaba qozondik. Bugungi o'yin Uganda bilan o'yindan ancha farq qildi. Yosh jamoamiz ancha yaxshi harakat qildi. Hakam ko'p qizil kartocha ko'rsatib yubordi, biroq ularning har biri to'g'ri ko'rsatildi. Hakam uchrashuvni yaxshi boshqardi. Bugun muxlislar ajoyib tarzda bizni qo'llab-quvvatlab turdi. Biz yangi futbolchilarning o'sishiga yordam berishimiz kerak. Umid qilamanki, yosh avlod bilan Osiyo chempionatining saralashida g'alaba qozonib, final bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. Yana bir bor Qirg'iz Respublikasiga minnatdorchilik bildiraman, ular bilan iyun oyida yana bir bor uchrashamiz. Bugungi g'alaba biz uchun muhim edi, chunki jahon chempionatining sarashida biz ularga mag'lub bo'lgandik.

Bizga qaerdan gol urishning farqi yo'q. Penaltidanmi, jarimadanmi, bu ahamiyatsiz. Muhimi — gol kirita bilish. SHuningdek, bizda hali chepionat boshlanmadi, futbolchilarim ham to'liq tayyor emas. Siz to'g'ri aytingiz, biz gol urishda ancha qiynaldik. Men jamoaga kelganimga ko'p bo'lmadi, hali qilinadigan ishlar bisyor. Barcha shogirdlarimdan minnatdorman. Ular bor imkoniyatlarini ishga soldilar.

O'zbekiston terma jamoasi Tojikiston terma jamoasi bilan o'ynay olmadi. Biz bilan yurtingizdami yoki Tojikistonda o'rtoqlik o'yiniga rozi bo'lgan bo'larmidingiz?

O'zbekiston juda kuchli raqib. Biz ularga qarshi to'p tepishga tayyormiz. Men har bir jurnalistni yurtimizga taklif qilgan bo'lardim, biroq bu mening qo'limda emas. SHuningdek, yana bir bor O'FAga ajoyib turnirni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiraman. O'zbekiston ahliga ham rahmat aytaman", — dedi Tojikiston bosh murabbiyi.  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика