Peres Anchelottiga ishonchni yo'qotdi va Alonsoning "Real"ga kelishini tezlashtirmoqchi
27 okt 2024 22:55
Yangiliklar
Peres Anchelottiga ishonchni yo'qotdi va Alonsoning "Real"ga kelishini tezlashtirmoqchi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Barselona" (0:4)dan La Liga 11-turida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Bayer"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Xabi Alonsoning klubga kelish jarayonini tezlashtirdi.
Ayni damda Peresning "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga bo'lgan ishonchi yo'qolgan. Italyan mutaxassis "qirollik klubi" prezidentiga yozda Kilian Mbappe kelishidan so'ng "mag'lub bo'lmas jamoa"ga aylanishga vada bergandi. Anchelotti shuningdek rejada bo'lmagan bo'lsa ham, chap himoyachi Ferlan Mendi bilan shartnomani uzaytirishni talab qilgan. "Barselona" bilan o'yindagi yirik mag'lubiyat esa vaziyatni faqatgina og'irlashtirdi.
Alonsoning "Bayer" bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan, ammo unda kelayotgan yozda nemis klubidan ketish imkonini beruvchi band bor va Peres shundan foydalanmoqchi.
O’xshash yangiliklar
01:59
Ispaniya Superkubogi. "Real" yarim finalda "Atletiko"ni mag'lub etdi, finalda "el klasiko" ko'ramiz 32
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar