PepsiCo "Facebook"dagi sahifasida Superligaga oid post qoldirdi
07 mar 2019 19:58
Yangiliklar


PepsiCo "Facebook"dagi sahifasida Superligaga oid post qoldirdi
Tarixdan malumki, biz butun dunyoda futbol o'yini bilan chambarchas bog'liqmiz. Jumladan, 2015 yil PepsiCo bilan UEFA hamkorlikda bu sport turi muxlislarini sevimli o'yinlari va sportchilariga yaqinlashtirishda asosiy homiyga aylangan. UEFA CHempionlar Ligasi va PepsiCo brendining hamkorligi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarini qamrab olgan. Bu, Leo Messi ("United") ishtirokidagi reklama kampaniyasidan boshlab, butun dunyodagi yosh futbolchilarni omadga intilish bilan ruhlantiruvchi "Gatorade 5v5" turnirigachadir.
2018 yil biz O'zbekiston futbolning tarixida ilk bor PFL ning taklifini qabul qilib, Superliganing titul homiysiga aylandik va bu bilan o'zbek futbolining tarixiy xaritasida o'z o'rnimizni qoldirdik. Ijobiy yakunlangan mavsumdan so'ng, kelayotgan 2019 yil mavsumiga shartnomani uzaytirish to'g'rishida kelishuvga erishilgan edi. Ammo PFL bizni ogohlantirmagan holda boshqa homiy bilan titul hamkorlik to'g'risida kelishuv imzolashga qaror qildi, bizni hayratda qoldirdi.
SHunday bo'lsa ham, biz O'zbekiston PFL ga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Biz bundan keyin ham O'zbekistonda sportni aktiv qo'llab-quvvatlashni davom ettiramiz, deyiladi kompaniyaning "Facebookda"gi sahifasida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar