"U o'zgacha o'yinchi, Top transfer". Pep Gvardiola Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi
13 jan 11:48
Yangiliklar
"U o'zgacha o'yinchi, Top transfer". Pep Gvardiola Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi
"U tezkor o'yinchi edi, hamon tezkor o'yinchi - hech narsa o'zgarmadi. U juda ishonchli. Franciyada olti oy davomida yuqori darajada o'ynadi va bu erga keldi - bu oson emas.
Ammo, menimcha u o'zgacha o'yinchi. Bizning o'yin uslubimiz uchun juda, juda o'zgacha o'yinchi, u bizga juda ko'p yordam beradi, chunki biz yuqoriga ko'tarilib o'yin ko'rsatamiz. Orqadagi barcha poziciyalarda juda yaxshi harakat qilmoqda. Menimcha, u bunday harakatlarni qilishni yaxshi ko'radi.
Nima qilish kerakligini bosqichma-bosqich tushunish; bizga to'p bilan ishlash jarayonida u kerak, u buni uddalaydi. U juda yosh. U o'rgatish, tushuntirish juda oson bo'lgan yigit. U doim yaxshi mashq qiladi. 100%.
Top transfer. Men o'tgan mavsumda klub uni sotib olish bo'yicha ajoyib qaror qabul qilganini aytdim. U transfer bozoriga qo'yadigan bo'lsangiz, Top-10 jamoalar uni xohlaydigan yigit. Chunki unda noyob hislat bor. Himoyachilarda topish juda qiyin bo'lgan o'ziga xos xususiyatlar".

U ingliz tilida bemalol gaplasha olyapti. Hamma narsani tez o'rganib oladi. "Bir qadam yuqoriga ko'tarilish uchun "Men o'ylaganimdan ham yaxshiroqman", - deb fikrlashi kerak. Men unga doimo haqiqatda juda yaxshi ekanligini aytib ruxlantirishga harakat qilaman.
U uzun paslarni ijro etadi, uzoq masofaga uzatmalari yaxshi, chiziqlarni juda yaxshi kesadi, aqlbovar qilmas tezlikka ega. Shunchaki ko'proq jasorat kerak. Bu vaqt masalasi. U hali juda yosh. U qancha ko'p o'ynasa, shuncha ko'p tajriba orttiradi".

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Husanov "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar