So’nggi yangiliklar

13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  3 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  0 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  23 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  3 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  12 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  1 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  102 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  3 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  31

Pedru Moreyra: "Biz orzumizda yashamoqdamiz" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Biz orzumizda yashamoqdamiz"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va yarim himoyachi Jonatan Lukka Elit Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Al Hilol"ga qarshi bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli tun. Biz qiyin bahs bo'lishini bilamiz. Ayniqsa safardagi bahsdan so'ng. "Al Hilol" o'ta kuchli jamoa. Raqibimiz har doim o'yinni nazorat qilishga va to'pga egalik qilishga intiladi, ayniqsa o'z uyida o'ynayotganida. Raqibimiz juda kam gol o'tkazib yuboradi, hattoki Elit ligada.

Birinchi uchrashuvda biz "Al Hilol"ni to'xtatib qola oldik. Toshkentda biz ajoyib o'yin o'tkazgandik va bunday kuchli raqibga etarli muammolar yaratgandik. Ertaga yaxshi futbol ko'rsatishga va imkon qadar o'z maqsadimizga erishishga harakat qilamiz" - deya fikr bildirdi Pedru Moreyra ertangi uchrashuv oldidan.

- Jorje Jezusning jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko'rish qanchalik qiyin kechdi? Siz bunga qadar "Braga" va "Portu" jamoalarida ishlagan vaqtingizda Jorje Jezus bilan to'qnash kelgansiz... 

- Birinchi navbatda shuni takidlab o'tishimiz kerakki, biz juda kuchli mutaxassis haqida fikr bildiryapmiz. Jorje Jezus ushbu musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarning murabbiylari ichida eng ko'p sovrin yutgan mutaxassis hisoblanadi. Men bu haqda o'tgan o'yin oldidan aytgandim. Bu murabbiyning darajasi qanday ekanligini aniqlab beradi. Shuningdek, Jorje Jezus o'tgan mavsum "Al Hilol" bilan mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi. Jorje Jezus men uchun yangi inson emas. Men u bilan bunga qadar ishlaganman, ammo bu haqda gapirishni istamayman(kuladi). Men Jezusni qattiq hurmat qilaman, ammo biz raqiblarmiz. Biz yangi jamoa sifatida ertaga maydonda ikki yildan buyon birga o'ynab kelayotgan tarkib va jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Biz buni tan olishimiz kerak.

O'tgan bahsda biz ajoyib o'yinimiz bilan "Al Hilol"ni taslim eta oldik. Raqibga imkoniyat bermadik. Toshkentdagi bahsda raqibimiz bor-yo'g'i bitta aniq zarba amalga oshirgan edi. Ertaga esa umuman boshqa scenariy ostida o'yin bo'ladi. Ular o'z uyida qanday o'ynashidan xabardormiz.



- "Al Hilol" o'z uyida "dahshatli" o'yin namoyish etadi, ammo dastlabki uchrashuvda jamoangiz g'alaba qozongan. Toshkentda qayd etilgan natija futbolchilaringizga ruhiy tomonlama ustunlik bermoqdami?

- Eslasangiz, o'tgan hafta mendan "Al Hilol"ga qarshi qanday o'yin uslubini tanlaysizlar, himoyaviymi yoki hujumkor deb so'rashgan edi. Biz barcha scenariylarga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu Elit OCHLning pley-off bosqichi va raqiblar darajasi o'ta yuqori. Biz uzoq davom etadigan mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, ammo dastlabki o'yinlarimiz Elit OCHLga to'g'ri keldi. 

Futbolchilar birlashdi va bir oila bo'la oldi. O'z kuchimizga va namoyish etayotgan futbolimizga ishondik. Biz allaqachon ushbu holatda g'olibmiz. Biz pley-off bosqichiga eng so'nggi jamoa bo'lib yo'l oldik. Jadvalda sakkizinchi o'rinni qo'lga kiritgandik. "Al Hilol" esa guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi. Kelajakda ham shunday davom etishimiz kerak. O'yin davomida o'zgarishlarga qo'l uramiz va yangicha yo'nalishlarni izlaymiz. Biz kelajagimiz uchun kurashishimiz kerak.

Jonatan aytgan gaplarga ham to'xtalib o'tsam. "Al Hilol" jamoasining bir nechta uy uchrashuvlarini tomosha qildim. Muxlislar o'z suyuklilarini yaxshi qo'llab-quvvatlashar ekan. Ertaga bizga qiyin bo'ladi, lekin "Paxtakor" muxlislari ham stadiondan turib bizni qo'llab-quvvatlashadi. Bu biz uchun juda muhim. Men o'zbekistonlik insonlar bilan yaqinroq bo'la oldim va bu men uchun eng katta g'alaba. 

- Bilaman, siz o'yinchilarning individual mahoratiga etibor berishni xush ko'rmaysiz, sababi futbol jamoaviy o'yin. "Al Hilol" jamoasidagi qaysi futbolchilarni individual taraflama kuchli deb o'ylaysiz? Qaysi futbolchi "Paxtakor" uchun ko'proq xavf tug'dirishi mumkin?

- Ushbu mavzu bo'yicha gapiradigan bo'lsam, suhbatimiz tongga davom etadi. Men darvozabondan boshlab to futbolchiga qadar gapira olaman. "Al Hilol" mintaqadagi eng kuchli jamoalardan biri. Buni hamma biladi. Biz raqibni o'rganib chiqqanmiz. "Al Hilol" tahlil qilish qiyin emas, ammo ularni to'xtatib qolish qiyin. Biz raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Biz oxirigacha kurashishimiz kerak bo'lgan vaziyatdamiz. Men bu tarifni ishlatishni istamayman, ammo biz hozir, men klubga endi kelgan davrimdagi orzuda yashamoqdamiz. Biz hozir orzumiz bo'lgan voqeiylikdamiz. Men klubga kelganimda ko'p bo'lmadi, men bu erdagi yangi mutaxassisman. Men klubni o'rgandim, keyin futbolchilarni, mamlakatni. Men portugaliyalikman, ammo O'zbekiston bayrog'i uchun ham javobgarman. Biz hozir bu jarayondan rohatlanishimiz kerak va shunchaki o'zimizning futbolni namoyish etsak bo'lgani.

- "Paxtakor" uchun ertangi uchrashuvdagi eng qiyin jihat qaysi bo'lishi mumkin? Masalan, erta gol o'tkazib yubormaslik va hokazo.

- Mening fikrimcha, muxlislar yaratadigan atmosferada o'ynash. "Al Hilol" muxlislari o'z jamoasini yaxshi qo'llab-quvvatlaydi. Ertaga muxlislar bizga katta bosim qilishadi. Biz ushbu bosimni engib o'tishimiz kerak. Bularning barchasi "Paxtakor" jamoasining kelajagi uchun qilinmoqda.

- "Paxtakor" jamoasining hujumdagi o'yini asosan Flamarion va Riaskos atrofida qurilmoqda. Zaxira haqida nima deya olasiz? O'yinda burilish yasash kerak bo'lsa-chi?  Chunki avvalgi ikkita o'yinda “Paxtakor” g'alaba qozonayotgani hisobiga zaxira potencialini ko'rish imkoni bo'lmagandi...

- Ha, albatta. Agar qaysidir futbolchi o'yinni kuchaytira olmaganida, u jamoa bilan birga bu ergacha kelmasdi. Biz 11 kishi bo'lib o'ynaymiz. Muhimi, gol o'tkazib yubormaslik, gol o'tkazib yubormasak g'alabaga yaqinroq bo'lamiz. Hatto hujumchilar ham himoyaga yordam berishi kerak. Men o'z jamoam o'yini haqida qayg' uraman. Bizning rejamiz va uslubimiz qanday bo'lishi haqida. Biz nafaqat ertangi bahs, balki Superliga bahslariga ham tayyorgarlik ko'rib boryapmiz. Bizni oldinda uzun mavsum kutib turibdi va men o'z jamoamga to'liq ishonaman. Mavsum davomida biz qanday o'yin namoyish etishimiz va nimalarga qodir ekanligimizni bilib olasiz. Etibor uchun barchaga rahmat.




Reyting: +10   

Fikrlar

+2   
11 mar 05:30:32
Александр Гейнрих
Араблар йиглаган кеча,
Пахтакор байрам килар тонгача
+2   
11 mar 05:06:35
Betarofff
Aqlli murabbiy ekan. Javoblari ham chiroyli berilgan. Omad Paxtakorga
+1   
11 mar 07:05:39
Abdulbosit Maxmudov
Ortiqcha maqtaworindi boruu Paxtakor real yoki barsamas
Al hilol tamom yogitlar asosiysi oyinda qorqmay ozini oshlay bilish bu tosiqdan otsa boladi paxtakor xam endi tshkil etilgan klibmas qaltiragani
+1   
11 mar 06:27:51
Farhod__bek1990
Paxtakorga omad
+1   
11 mar 06:12:02
Abror-Ellikqal'a
Омад
   
11 mar 21:45:20
black wolfe
ARISTOKRAT_VINGER foydalanuvchining fikriga javob berish
Saudiyani barcha klublari legionerlarsiz ham kuchli bolgan. Ertaga Paxtakorga faqat omad bilan duo yordam beradi xolos. Ertaga maksimum Al hilolni uyini chiqmasligini tilayman xolos.
legioneri bolmasa saudiya klublari bir tiyinlik qimmati yoq.
   
11 mar 21:44:32
black wolfe
ARISTOKRAT_VINGER foydalanuvchining fikriga javob berish
Saudiyani barcha klublari legionerlarsiz ham kuchli bolgan. Ertaga Paxtakorga faqat omad bilan duo yordam beradi xolos. Ertaga maksimum Al hilolni uyini chiqmasligini tilayman xolos.
legioneri bolmasa saudiya kulbari bir tiyinlik qimmati yoq.
   
11 mar 21:44:31
black wolfe
ARISTOKRAT_VINGER foydalanuvchining fikriga javob berish
Saudiyani barcha klublari legionerlarsiz ham kuchli bolgan. Ertaga Paxtakorga faqat omad bilan duo yordam beradi xolos. Ertaga maksimum Al hilolni uyini chiqmasligini tilayman xolos.
legioneri bolmasa saudiya kulbari bir tiyinlik qimmati yoq.
   
11 mar 21:44:31
black wolfe
ARISTOKRAT_VINGER foydalanuvchining fikriga javob berish
Saudiyani barcha klublari legionerlarsiz ham kuchli bolgan. Ertaga Paxtakorga faqat omad bilan duo yordam beradi xolos. Ertaga maksimum Al hilolni uyini chiqmasligini tilayman xolos.
legioneri bolmasa saudiya kulbari bir tiyinlik qimmati yoq.
   
11 mar 21:43:36
black wolfe
ARISTOKRAT_VINGER foydalanuvchining fikriga javob berish
Al Hilol brendga bilasanmi qachon aylangan. Manimcha xali san tugilmagan eding. Birinchi uyinda yutdik deb , mensimaslik, hotirjamlikka berilish kamida 4 ta gol utkazip yuborishga olib keladi. Birorta xatoga yul quymay konsentratsiyani yuqotmay 100 daqiqa chidasa, katta extimol keyingi bosqichga chiqadi.
san mani yoshimni qattan bilasan aqlli xoltoy???Balki undan oldin tug'ilgandurman folbinmisan???Sandakala duxini berip maydonda chiqsa 4 tamas 15 ta o'tqazadi.
   
11 mar 19:38:46
Liverol Motor Oil
Орзуимизда*
   
11 mar 13:16:59
Дилмурод
Пахтакорни тренери.яхши муррабийга ухшаяпти.куркмайди,яхши гапиряпти.нега миллийга шунака тренер олиб.келинмади .ал хилолга карши жарда йомон уйнамади.омад пахтакорга..
   
11 mar 10:42:50
Шерзод Мухаммадиев
Ал хилол Пахтакордан кучли таркибга эга , аммо футбол жамоавий ужин, бизда хам хали жахон танимаган ва келажакда таниб оладиган футболчилар бор ,Оллох хохласа кийинги боскичга чикамиз
   
11 mar 09:50:49
Red Manchester
Omad Paxtakorga!!!
   
11 mar 09:39:46
Tinchliksevar
Ha chuldurvaqalar qachongacha qo‘rqib yashash kerak raqibni zo‘r futbolchilari bo‘lishi mumkin lekin mayfonda 11 tadan 22 ta futbolchi o‘ynaydi qo‘llab quvvatlash kerak tamom yosh bolacha fikrlamay
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика