So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  0 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

"Paxtakor"da Voyneskining imzosi yo'qmi? Arveladze davridagi jamoa kuchli edi. "Ahal"ning duranggi nimaga ishora?" - Mutaxassis fikri Yangiliklar

"Paxtakor"da Voyneskining imzosi yo'qmi? Arveladze davridagi jamoa kuchli edi. "Ahal"ning duranggi nimaga ishora?" - Mutaxassis fikri

"Paxtakor"ning OCHLda "Sepaxon"dan uchralgan mag'lubiyati bugungi kunning muhokama markazida bo'ldi.

Darhaqiqat, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan jamoadan bunday o'yin va natija barchaning dilini hira qilgani shubhasiz. "SHerlar"ning faqat bir taymlik g'alabasi kimga ham kerak? Futbol 90 daqiqa o'ynaladi va buni kecha "Sepaxon" ortig'i bilan isbotlab qo'ydi. Bu biz bilgan "Paxtakor"mi? Tarkibdagi futbolchilarning darajasi bilan qanday qilib bunday o'yin ko'rsatish mumkin? Ochig'i bugungi "Paxtakor" so'nggi 3 yildagi eng kuchsizi men uchun. Bu kechagi o'yindan keyingi xulosalarim. Navbat mutaxassisga. Kamoliddin Murzoev bu boradagi dastlabki fikrlarini bildirdi. 


- "Paxtakor" biz kutgan va istagan natijani ko'rsata olmadi. O'yin borasida ham shunday. Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi nazorat qildi. Odatda bunday pallada mahalliy futbolchilardan tashqari, legionerlarning ham mahorati katta sahnaga chiqishi kerak. Ularning o'rni katta bo'ladi. Joriy mavsum jamoaga olib kelingan legionerlardan klub rahbarlarining ham ko'ngli to'lmagan bo'lishi mumkin. Bir necha yillardan beri ko'ryapmizki, OCHLda legionerlar ko'p narsani hal qilmoqda.

Pakhtakor Tashkent

Dragan Ceran - 28'

AFC Champions League Grp. D . 1-tur

07/04/2022, 22:15

3
:
1
Tugadi

Sepahan

Shahriar Moghanlou - 49', Shahriar Moghanlou - 55', Mohammad Reza Hosseini - 70'

45'
90'
28'  Dragan Ceran
28'  Khozhimat Erkinov
64'  Kamen Hadzhiev
65'  Ikrom Alibaev (Sardor Rashidov)
76'  Azizbek Turgunbaev (Mirzhakhon Mirakhmadov)
88'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
25'  Shahriar Moghanlou
33'  Soroush Rafiei
34'  Mohammad Karimi
49'  Shahriar Moghanlou
49'  Farshad Ahmadzadeh
55'  Shahriar Moghanlou
55'  Mohammad Nejadmahdi
70'  Mohammad Reza Hosseini
70'  Danial Esmaeilifar
76'  Soroush Rafiei (Masoud Rigi)
87'  Sajjad Shahbazzadeh (Milad Jahani)
87'  Farshad Ahmadzadeh (Jalalaldin Ali Mohammadi)
90'  Mohammad Reza Hosseini (Reza Mirzaei)

Ochig'ini aytish kerakki, "Paxtakor"ning ikki markaziy himoyachilari ikkinchi bo'limda o'zlarini yo'qotib qo'yishdi, deya olamiz. CHunki gollarga etibor berar ekanmiz, mudofaa chizig'i vakillari etiborni yo'qotib qo'yshgan, raqibga nisbatan juda sekin harakat qilishgan. Mazkur fikrimizga mutaxassisimiz ham qo'shilgan holda himoya haqidagi fikrlarini bildirdi.


- Markaziy himoyada katta va qo'pol xatolarga yo'l qo'yildi. Yuqorida ham aytib o'tganingizdek, legioner himoyachilar kutilganidek o'yin ko'rsatgani yo'q. O'ylaymanki, Slavche Voyneski keyingi turga qadar bu muammoning echimini topishga harakat qiladi.

Tashqaridan qaraganda kechagi bahsda hech qanday murabbiy imzosi ko'zga tashlanmaganini payqash qiyin emas. Maydonda futbolchilarning o'zaro tushunishi, himoyadan hujumga o'tish, kombinaciyalar hosil qilish deyarli o'xshagani yo'q. "Sepaxon" futbolchilari o'yin davomida "Paxtakor" jamoasini jarima maydonchasigacha etib kelishiga yo'l qo'yishmadi. Murabbiy imzosi o'zi nima? 


- Murabbiy imzosi aytarli darajada ko'rinmadi. Deylik SHota Arveladze davrida boshqa "Paxtakor" ko'rganmiz, jamoa har tomonlama kuchli edi, deya olaman. Futbolchilar murabbiyning nima istayotganini tushunardi. Kecha ular qo'lidan kelgancha, mahoratidan kelib chiqib o'yin davomida nimadir qilishga harakat qilishdi. Ro'za haqida fikr bildirishda ehtiyotkorlik zarur, deb bilaman. To'g'ri bunday pallada futbolchilarga qiyin. Bu bizning ramazon oyidagi burchimiz. Qolaversa, har bir futbolchi buni o'zi hal qiladi. Inson organizimi hamma narsaga ko'nikadi. Faqat to'g'ri tayyorlashni bilish kerak, xolos. 

Turkmanistonning "Ahal" jamoasi kecha BAAning "SHabab Al Ahli" klubi bilan durang o'ynadi. Bu qaysidir manoda bizga ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi lozim. Tojikiston klubi o'tgan mavsumda guruhdan chiqishni uddasidan chiqdi. "Istiqlol" Osiyo grandi "Al Hilol"ni yutayotgan ekan, bizning futbolimiz, tizimimiz chindan ham pastga qarab sho'ng'imoqda. Kamoliddin Murzoev mazkur jihatga quyidagicha yondashdi. 


- Fikrimcha, "SHabab Al Ahli" klubi kecha qo'shnilarimizni menismasdan, yoki oson yutishni o'yladi. Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston klublarida o'sish kuzatilmoqda. Bunga normal qarab, ishlashda davom etishimiz kerak. Hozir hamma futbol o'ynashni bilib olgan. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика