"Paxtakor" Turkiya yig'ini doirasida CHexiya klubiga mag'lub bo'ldi
15 jan 15:22
Yangiliklar
"Paxtakor" Turkiya yig'ini doirasida CHexiya klubiga mag'lub bo'ldi
Biroz avval Pedro Moreyra shogirdlari CHexiyaning "Karvina" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Unda chexiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bungacha "Paxtakor" Turkiyada Ruminiya va Ozarbayjon jamoalarini mag'lub etgan edi.
Turkiya, nazorat o'yini.
"Paxtakor" - "Karvina" (CHexiya) 0:2
"Paxtakor" (1-bo'lim): Nikita SHevchenko, Diyor Ortiqboev, Umar Adhamzoda, Abdulla Abdullaev, SHahzod Azmiddinov, Muhammadali Usmonov, Doston Hamdamov, Sardor Sobirxo'jaev, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Igor Sergeev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Muhammadqodir Hamraliev, Dilshod Saitov, Muhammadrasul Abdumajidov, Mahmud Mahamadjonov, Abdurauf Bo'riev, Jonatan Lukka, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Diyor Xolmatov, Bashar Resan, Ulug'bek Hoshimov.
CHetlatish: Diyorbek Ortiqboev 34

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" bugunning o'zida Toshkent vaqti bilan 19:00da Yaponiyaning "Xirosima" jamoasiga qarshi ham o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar