So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  0 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

“Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi Yangiliklar

“Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi

Superliga-2019 1-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvi 8 mart, juma kuni bo'lib o'tishi belgilangan edi.

Mazkur ikki klub xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotganidan xabaringiz bor. Osiyo CHempionlar ligasini muvaffaqiyatli boshlagan jamoalarimiz ilk turda 1 durang va 1 g'alaba qayd etishdi. “Lokomotiv” o'z maydonida “Al Vahda”ni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang qayd etdi.

Qayd etish joizki, kelasi haftada ham mazkur jamoalar xalqaro maydonda rasmiy uchrashuvlarini o'tkazadi. “Lokomotiv” 11 mart kuni Qatarda “Al Rayyan” mehmoni bo'lsa, “Paxtakor” uyda 12 mart kuni Saudiyaning “Al Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Har ikki jamoamizning OCHL doirasida 1 hafta davomida 1 ta safar va 1 ta uy o'yini o'tkazishi, mazkur o'yinlar oralig'ida futbolchilarning jismonan toliqmasdan, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini taminlash maqsadida “Paxtakor” jamoasining murojaatiga asosan Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvi 16 mart – zaxira kuniga ko'chirildi.


Reyting: -79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика