So’nggi yangiliklar

00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  11 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 00:01Европа лигаси. "Рома" - "Атлетик" баҳси асосий таркиблари маълум!  19 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  1 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  43 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  20 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8

"Paxtakor" - "Al Hilol" 1:0. Bu oddiy yoki tasodifiy g'alaba emasdi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Al Hilol" 1:0. Bu oddiy yoki tasodifiy g'alaba emasdi

Elit Osiyo chempionlar Ligasining pley-off o'yinida "Paxtakor" "Al Hilol" ustidan g'alabaga erishdi.

Muxlislar anchadan beri o'zbek klublari ishtirokida bunday ishonchli o'yin va g'alabani ko'rmagandi. Bo'lib ham "Al Hilol" kuchsiz jamoa emasligini hamma biladi. Bejizga bu klubni Osiyoning "Real"i deyishmaydi. Chuni sovrinlar yutish bo'yicha "Al Hilol" Osiyoda eng nomdor klub.

Osiyo chempionlar Ligasi oldiga Elit qo'shilgach, shunga yarasha musobaqa saviyasi ham ortib bormoqda. Musobaqa kuchli ko'rinish olayotgani sezilyapti. Har holda Elitda kamroq jamoalar qatnashyapti. OCHL G'arb mintaqasida ilgari 16ta klub ishtirok etardi. Elitda esa jamolar soni 4taga qisqardi.




Elit chempionlar Ligasi go'yoki arab klublari uchun ishlab chiqilgan mexanizmdek ko'rindi. Bizga bu erda "non" yo'q deb o'yladik. Osiyo chempionlar Ligasida hartugul nimadir qilib turardik, ammo Elit butkul boshqa olam, guruh bosqichida qatnashishning o'zi katta voqea bo'ladi degan xayolga keldik. Hozir ham bundan to'liq voz kechganimiz yo'q. Elit chempionlar Ligasi haliyam murakkab turnir. Shunday murakkab turnirda "Paxtakor"ning hamon ildamlayotgani quvonarli voqea.

Agar "Paxtakor" oxirgi tur "Al Sadd"ni mag'lub etmaganida biz hozir bu gaplarni umuman gapirmayotgan bo'lardik. "Paxtakor" ham keyingi bosqichga chiqmagan va odatdagiek yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan, aniqrog'i 1-turdagi "Mashal" bilan o'yinni kutayotgan bo'lardi. Lekin jamoaning "kutilmaganda" "Al Saddni" mag'lub etib kuchli sakkizlikka kirib olishi rejalarni o'zgartirib yubordi. Natijada taqvim ham o'zgarib, PFL ilk turdayoq bitta o'yinni boshqa muddatga surishga majbur bo'ldi.

Lekin "Paxtakor" - "Mashal" o'yini boshqa kunga ko'chirilishi ko'pchilik muxlislarda norozilik keltirib chiqardi. Aslida bu o'yin taqvim bo'yicha 7 martga belgilangandi. "Al Hilol"ga qarshi ilk uchrashuv 4 mart kuni o'tkazildi, javob bahsi 11 martga qo'yilganini hisobga olsak, "Paxtakor" 7 mart kuni o'yin o'tkaza olarmidi. Bizningcha, ha.




Biz ham sekin-asta o'yinlar sonini ko'paytirib jamoalarni shunga o'rgatib borishimiz kerak. Evropada jamoalar allqachon 4-5 kunda maydonga tushishga o'rganib qoldi. Masalan, "Real"ni olaylik. 1 fevraldan beri to bugungacha naqd 10ta o'yin o'tkazibdi. Qoyil qolish kerak. Yilning eng qisqa oyida 10ta o'yin balki ko'pdir, nafaqat "Real", hamma klublar taqvimdan noliyapti, lekin nachora. O'yin belgilandimi, bo'ladi.

Aytaylik, "Paxtakor" ham "Mashal" bilan o'yinni o'tkazib so'ngra Saudiya tomon yo'l olishi mumkin edi. Arablar Toshkentga bir kun oldin kelishdi va bitta mashg'ulot o'tkazishdi. Bundan tashqari "Al Hilol" 1 mart kuni o'z maydonida "Al Ahli"ga qarshi o'ynab shundan so'ng safarga otlandi. Ularning o'yini qoldirilmadi.

Qizig'i shundaki, "Al Hilol" 15 kunda 4ta uchrashuv o'tkazdi. 18 fevral kuni Elit OCHLda maydonga tushgan jamoa undan keyin yana uchta bellashuvda ishtirok ishtirok etdi va mana shu o'yinlarning ikkitasida mag'lub bo'ldi. Jamoa chempionatdagi kuchli raqiblari - "Al Ittihod" bilan "Al Ahli"ga imkoniyatni boy berdi. Bu ikki mag'lubiyat "Al Hilol"da muammo etarli ekanini ko'rsatib berdi, chunki bu jamoa ikkita o'yinda 7ta gol o'tkazadigan jamoa emasdi.




Shu bois "Paxtakor"ning kechagi g'alabasini tasodif yoki kutilmaganda o'xshab qoldi deb bo'lmaydi. Bu haqli g'alaba. "Paxtakor" katta ishtiyoq bilan o'ynadi, g'alaba uchun borini berdi, futbolni nihoyatda sog'inib qolgani ko'rindi. "Al Hilol"da esa horg'inlik alomatlari ko'zga tashlandi. Ularning bosh murabbiyi hadeb maydonni yomonlashi - bu ko'proq bahonaga o'xshab qoldi. Aslida murabbiyning o'zi jamoani o'yinga tayyorlashda qiyinchilikka duch kelyapti va ishlar shu zayl ketaversa tez orada istefoga chiqarilishi mumkin.

Ishonamizki, "Paxtakor" uyda ko'rsatgan o'yinini safarda ham namoyish eta oladi. Agar Jorje Jezus ishlab tursa, "Al Hilol"ning o'nglanishi birmuncha og'ir bo'ladi. Jamoa istalgancha hujum qilishi mumkin, lekin himoya ham joyida emas. "Paxtakor" bu jamoaga Ar Ryodda ham gol urishni eplay oladi. Faqat kechagi azart yo'qolmasa bo'lgani.

Eng muhimi, qo'rqmaslik kerak. Ha, u erda boshqa muhit hukm suradi, muxlislar bilan liq to'la stadionda "Paxtakor"ga nisbatan bosim juda yuqori bo'ladi. Lekin muhimi, bosimga tushib qolmaslik va oyoq-qo'l qaltiramaslik. "Paxtakor" shunday o'ynab bemalol keyngi bosqichga chiqishi mumkin. Chunki hozirgi "Al Hilol" engib bo'lmaydigan raqib emas. Ular yanvargacha zo'r edi, ammo yangi yildan keyin pasayish yuzaga keldi. Ular kuzda chempionat peshqadami edi, ammo qishda peshqadamlikni boy berdi. Hozir "Al Ittihod" 6 ochkoga ilgarilab ketgan. Orqada esa "Al Nassr" quvib kelyapti. "Paxtakor" "Al Hilol"ni hozir yutmasa, yana qachon yutadi?

X.Xoliqov.

Reyting: +12   

Fikrlar

+2   
05 mar 18:00:56
Abduvoris
Islombek foydalanuvchining fikriga javob berish
Tik tok instagramda saatuurn zaybal qilgandi paxtakorniyam maqtayvermanglar jurnalistlar sizlar 1 ta maqolani 1000 xil kuriniwda chiqarsizlar jinniilik xam evi bnda
Kimmi maqtasin, sizzi jamoangiz qaysi etin ushani maqtimza
+1   
05 mar 20:27:36
Islombek
Abduvoris foydalanuvchining fikriga javob berish
Kimmi maqtasin, sizzi jamoangiz qaysi etin ushani maqtimza
Maqtaw, kinoya qiliw wart emas sizga komandamni maqtang deganim yuq wekili uzini uzi reklama qilinavermasin 1 ta mavzuni qayta qayta chiqariw mantiqqa tugri kelmaydi,keyn man sizga yozganim yuq
+1   
05 mar 20:08:14
Уткир Набиев
Аввалги уйинларни курган мухлис Пахтакор тасодифан чикканини омад дегани шуда деб юргандилар. Бу факт.Пахтакорни ашаддий мухлис хам тугри тушинади..Лекин кечаги уйинини курганлар бу бошка клуб Пахтакормас бу деворишди. Тренер ва футболчилар тил топишгани ва максад сари шундай юрилса тарихга нимадир ёзиш мумкун. Хали хам шошилмай турайлик араблар алам билан кетишди хали жавоб уйини бор.Балки уша жавоб уйинда кандай Пахтакор эканлигини.Ахир хозир узимизга хам ажойиб куринияпти бу командамиз. Араблардан булса Хар кандай уйин кутиш мумкун Буни куп бор совигини еганмиз хуллас совукконлик ва тартиблик химояни курсак яна хам хайратда колирарди командамиз.
+1   
05 mar 17:53:08
Афзал Эргашев
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Асосий таркибни ютмадида барибир. Барибир ғалаба бу яхши. Лекин мехмонда қийин бўлади.
Хафа боменг у ичиз кора инсон экансиз)
+1   
05 mar 17:50:08
Shahboz4
Қисқаси ютди тамом
+1   
05 mar 17:30:15
JOKER 10
Яссин Буну, Калиду Кулибали, Халфан ал Давсари, Али ал Булайҳи, Муҳаммад Канно, Рубен Невеш, Маркос Алмейда, Носир ал Давсари, Сергей Милинкович-Савич, Абдуллоҳ ал Ҳамиддан, Кайо, Мотеб ал Харби, Салим ал Давсари, Малком.
ПАХТАКОР ЮТГАН КЕЧАГИ БУ ДАХШАТЛИ ТАРКИБНИ ИККИНЧИ ТАРКИБ ДЕЙИШНИ ЎЗИ ХАТО !!!
Пахтакор тугул бутун Суперлигамиздан қиммат таркибку бу. Тўғри 2 ёки 3 та асосий фигуралар келмади улар жароҳат олган бўлса Пахтакорда не айиб, хасад эмас хавас билан яшайлик омад барча Ўзбек клубларига.
   
06 mar 15:13:32
сугдийона 70
Жуда куп ёзишди да
   
06 mar 15:13:31
сугдийона 70
Жуда куп ёзишди да
   
06 mar 10:59:55
Александр Гейнрих
"Ал хилол" хам энди чўт эмас бизга,
Пахтакордек буюк жамоамизга,
Майдонда олга туп сурса РИАСКОС,
Галабани юракдан киламиз кўз кўз
   
05 mar 20:56:02
Behzod Umedov
Al hilol kabi jamoalarni tasodifan yutib bo'lmaydi mehnat mehnat va yana mehnat qilish kerak bu uchun. Bu yerda jamoa rahbariy Jahongir Ortiqxojaevga rahmat birinchi navbatda. Trenerlar shtabiyu o'yinchilar transferida o'zi bosh bo'ldi, klubni sevgan inson jamoa tepasida tursa natijalar albatta keladi. Trenerga ham gap yo'q legionerlarni shoshmay saralab oldi o'zi va bekorga tanlamaganini isbotladi legionerlar ham. Nasib bo'lsa endi yaxshi niyat general bo'lishni orzu qilmagan askar askar emas deyilganidek Paxtakor Al Hiloldan ham o'tib chempion bo'lishini duo qilib so'rayman. Paxtakor olg'a yutsang yutqizsang ham BIZ muxlislar doim sen bilan
   
05 mar 20:36:41
Жасурбек Жасур
NEGATIV YOZYATGANLAR AHIR PAXTAKOR ÓZBEKISTON NOMIDAN OYNADIYU
KEYINGI ÓYINDAYAM OMAD PAXRAKORGA
( NEFTCHI MUXLISI )
   
05 mar 20:31:47
Islombek
Minus bosvotganlar man oldingi yozgan gapim PAXTAKORNI KURAOLMASLIK YOKI QASDIM BORLIGIDAN EMAS FAQAT BAZI JURNALISTLAR REKLAMA BULIWNI YAXWI KURADI WEKIILI .OMAD JAVOB UYINIDA XAM PAXTAKORGAA
   
05 mar 20:08:14
Уткир Набиев
Аввалги уйинларни курган мухлис Пахтакор тасодифан чикканини омад дегани шуда деб юргандилар. Бу факт.Пахтакорни ашаддий мухлис хам тугри тушинади..Лекин кечаги уйинини курганлар бу бошка клуб Пахтакормас бу деворишди. Тренер ва футболчилар тил топишгани ва максад сари шундай юрилса тарихга нимадир ёзиш мумкун. Хали хам шошилмай турайлик араблар алам билан кетишди хали жавоб уйини бор.Балки уша жавоб уйинда кандай Пахтакор эканлигини.Ахир хозир узимизга хам ажойиб куринияпти бу командамиз. Араблардан булса Хар кандай уйин кутиш мумкун Буни куп бор совигини еганмиз хуллас совукконлик ва тартиблик химояни курсак яна хам хайратда колирарди командамиз.
   
05 mar 19:53:29
irgashevirgashev@gmail.com
o'rta osiyo bayroqdori bobomning paxtakori qaytmoqda. bu yutuq keyngi yillar uchun xam zor poydevor motivatsiya beradi.
   
05 mar 19:24:11
Шухрат Эргашев
Кеча уйинни афсус кура олмадим, лекин хозирги Пахтакор хакикий Шер Каби важохатлидек, охиригача шундай булсин илохим. Ман чин дилдан хурсанд булдим, легионерлар хам куз тегмасин яхши танланибди. Омад кейинги уйинда хам. (Насаф мухлиси)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика