"Paxtakor-79"ni yod etib tashkil etilgan bahsda "Zenit" va "Paxtakor" faxriylari o'zaro murosa ko'chasini tanlashdi
13 avg 2022 21:28
Yangiliklar
"Paxtakor-79"ni yod etib tashkil etilgan bahsda "Zenit" va "Paxtakor" faxriylari o'zaro murosa ko'chasini tanlashdi
"Paxtakor" faxriylar klubi Sankt-Peterburgning "Zenit" faxriylar jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Pushkin shahridagi "Carskoe selo" sport markazida bo'lib o'tgan uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. "Paxtakor" tarkibida gollarga Gennadiy SHaripov, Vladimir Pshenichnikov va Albert Aliev mualliflik qilgan bo'lsa, "Zenit" safida Aleksandr Kurtiyan, Dmitriy Radchenko va Valeriy Cvetkov to'p kiritdi.
Alohida aytish joiz, 1980 yilgi Olimpiya o'yinlari bronza medali sovrindori Rinat Dasaev dastlabki 15 daqiqada "sherlar" sharafini himoya etdi.
Uchrashuv 43 yil avval Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatda halok bo'lgan "Paxtakor" klubi futbolchilari xotirasiga bag'ishlandi. Ikki jamoada ham turli avlod futbolchilari o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar