Pau Kubarsi 12 yil ichida Barselona himoyachilari orasida eng yosh gol muallifiga aylandi
26 fev 13:30
Yangiliklar
Pau Kubarsi 12 yil ichida Barselona himoyachilari orasida eng yosh gol muallifiga aylandi
Ispaniyaning Barselona klubi himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya kubogi-2024/2025 yilgi mavsum yarim finalida Atletikoga (4:4) qarshi o'yinda gol urib, ko'k-anorranglilar safida 2013/2014 yilgi mavsumdan beri eng yosh gol muallifiga aylandi.
Manbaga ko'ra, Kubarsi «blaugrana» safida debyut golini urgan vaqtda 18 yoshu 34 kunlik bo'lgan. Futbolchi kataloniyaliklar safida 63 ta o'yin o'tkazdi.
Kubarsi joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida sakkizta, Ispaniya Superkubogida ikkita va Ispaniya Kubogida to'rtta o'yin bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar